Joriy yilning 6-fevral kuni Voleybol federatsiyasining Toshkent shahar bo‘limi tashabbusi bilan Olmazor tumanida joylashgan “Shifokor sport” majmuasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari o‘rtasida “Universitet kubogi” voleybol musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada universitetning 12 ta fakultetidan bittadan terma jamoa ishtirok etib, o‘zaro murosasiz va qizg‘in bahslarda bellashdilar. Uchrashuvlar davomida jamoalar o‘zlarining kuch-qudrati, texnik mahorati hamda jismoniy tayyorgarligini yuqori saviyada namoyon etdilar. Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra: 1-son davolash fakultetining “Liders” jamoasi faxrli 3-o‘rinni, Xalqaro fakultetning “International” jamoasi 2-o‘rinni, Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakultetlarining “Gamlet” […]
