Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida Jadid bobolarimiz hayoti, faoliyati va ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan “Ma’rifat darsi” tashkil etildi
Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomuratov Turdikul Akramovich ochib berdi. O‘z nutqida u jadidlarning milliy uyg‘onish, ilm-ma’rifatni yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq ekanini ta’kidladi. Ma’ruza Tibbiy profilaktika va jamoat fakulteti dekani o‘rinbosari Alisher Axmadovich tomonidan o‘qildi. U jadidlarning ta’lim-tarbiya, matbuot, teatr va adabiyot orqali […]

