13-sonli Talabalar turar joyi
Talabalar turar joyida yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Bobomurodov Turdiqul Akramovich bilan navbatdagi uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetining 13-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Turdiqul Akramovich talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, yashash xonalari, umumiy foydalanish joylari hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat uchun ajratilgan xonalarni ko‘zdan kechirdi. Talabalar turar joyining faollar zalida talabalar […]

Rahbar va yoshlar uchrashuvi
«Rahbar va yoshlar uchrashuvi»- ochiq muloqot va amaliy maslahatlar maydoni

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1–2-stomatologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomuratov Turdiqul Akramovich ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechimlar topish, shuningdek, yoshlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga oid muhim ko‘nikmalar […]

Toshkent davlat tibbiyot universiteti intellektual olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritib, Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti intellektual olimpiadada g’oliblikni qo’lga kiritib, Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi

Respublika miqyosida o‘tkazilgan nufuzli intellektual olimpiada o‘z yakuniga yetdi. Umumjamoa hisobida yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalari g‘olib sifatida e’tirof etilib, Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi. G‘oliblar quyidagicha: 1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti 2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-o‘rin — Fan va texnologiyalar universiteti Olimpiada natijalariga ko‘ra, g‘olib talabalar ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasalariga egallagan […]

Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi.
Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi.

Mazkur tadbir Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbir ochilishida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti birinchi prorektori Bahodir Ahmedov ishtirok etib, yoshlarga qaratilgan innovatsion tashabbuslar va universitetlararo hamkorlikning ahamiyati haqida fikr bildirmoqdalar. Dastur doirasida universitetlarda startap ekotizimini rivojlantirish, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun […]

Gimnastrada
“Gimnastika barcha uchun!” shiori ostida Prezident kubogining Respublika bosqichi o‘tkazildi

“Universal” sport majmuasida xotin-qizlar o‘rtasida gimnastrada sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika bosqichi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. Musobaqada […]