photo_2025-12-12_20-42-24
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi sport musobaqasining “Milliy kurash” turi bo‘yicha haqiqiy bahodirlar maydoni ochildi. Bellashuv ruhiyati yuksalgan kurash maydonida 60, 66, 73, 81 va 90+ kg vazn toifalarida 100 ga yaqin polvon o‘z kuchi va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Вellashuvda tomoshabinlarga milliy kurashning haqiqiy ruhi va hayajonini his ettirdi. 60 kg vazn toifasi bahodirlari Baratov Abduraxmon- Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 104A-guruh talabasi raqiblarini epchil harakatlar bilan dog‘da qoldirib, vazn toifasi chempioniga aylandi. Xurramov Nurzod -Pediatriya fakulteti 105-guruh talabasi matonat bilan oxirigacha kurashib, ikkinchi pog‘onani egalladi. Muxammadiyev Og‘abek- 1-Stomatologiya fakulteti 211B- guruh talabasi […]