photo_2026-02-09_12-59-34
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi Chirchiq davlat universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida tashabbus asosan Chirchiq davlat universiteti jamoasi qo‘lida bo‘ldi va ilk uchrashuv jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Shunga qaramay, yigitlarimiz maydonda oxirigacha kurash olib bordi, tezkor harakatlar va jamoaviy uyg‘unlikni namoyon etdi. Shuningdek, jamoa a’zolari bog‘lovchi A’zamov Asror, diagonal Gedala Sravan hamda temp hujumchi Mirkomilov Ibrohim pozitsiyalarida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniq zarbalari […]

photo_2026-02-09_12-35-19
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi yana bir bor o‘zining kuchi va jipsligini namoyon etdi.

Uchrashuv davomida 3 ta partiyaning barchasida ustunlikni qo‘ldan bermagan Toshdavtu voleybolchi qizlari Central Asia universiteti jamoasi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydondagi tezkor harakatlar, aniq uzatmalar va jamoaviy uyg‘unlik o‘yinga yuqori sur’at bag‘ishladi. Shuningdek, jamoa a’zolari Businboyeva Farangiz, Ibragimova Madina va Norquziyeva Muqaddas hujumchi pozitsiyasida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniqlik bilan yo‘llangan    […]