Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi navbatdagi uchrashuvda Alfraganus universiteti voleybol jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv davomida jamoamiz to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritib, o‘yinni ishonchli va yuqori saviyada olib bordi. Natijada Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, jamoa bog‘lovchisi A’zamov Asror o‘yinda ko‘rsatgan yuqori mahorati, aniq paslari va maydondagi yetakchiligi bilan ajralib turdi hamda uchrashuvning eng zo‘r o‘yinchisi deb e’tirof etildi. Uning […]
