photo_2026-02-18_16-50-05
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi qizg‘in davom etmoqda! Toshdavtu sport majmuasida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi doirasidagi voleybol bahslari tobora murosasiz va hayajonli tus olmoqda. Har bir uchrashuv sport ruhi, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bilan o‘tmoqda.

Navbatdagi bellashuvlarda 1-son Davolash fakulteti — “Liders” jamoasi maydonga tushib, umumiy 2 ta o‘yin o‘tkazdi. Jamoa ishonchli va uyg‘un o‘yin namoyish etib, har ikki uchrashuvda ham 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu bahslarda: Xalqaro fakultetning UNQ jamoasi Team Blockers jamoasi 1-son Davolash fakulteti — “Liders” jamoasiga qarshi o‘yinlarda mag‘lubiyatni tan oldi. Talabalar ligasi musobaqalari talabalar o‘rtasida […]

Milliy kurash
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida “Milliy kurash” bellashuvlari qizg‘in davom etmoqda!

Universitet sport majmuasida haqiqiy bahodirlar maydoni yana bir bor jonlandi. Ruhiy ko‘tarinkilik, kuch va mahorat uyg‘unlashgan kurash gilamida polvonlar o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda. 66 kg vazn toifasida bahslar ayniqsa murosasiz va tomoshabop kechdi. Xurramov Samandar — Tibbiy profilaktika fakulteti, 302- guruh talabasi epchil harakatlari puxta taktikasi bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, vazn toifasi chempioni bo‘ldi. […]