photo_2026-04-14_11-10-36
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI REGBI JAMOASINING YORQIN G‘ALABASI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti regbi jamoasi Talaba ligasining hududiy bosqichida munosib ishtirok etib, yuqori mahorat va jamoaviy birdamlik namoyish qildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoa o‘zining kuchli tayyorgarligi, irodasi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini yaqqol ko‘rsatdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, jamoa faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi! Jamoani musobaqaga tayyorlashda ustoz Xurramov Sh. katta mehnat va jonbozlik ko‘rsatdi. […]