tg_photo-780
2026-yil 23-may kuni ToshDavTU 3-Davolash fakulteti O’zbek va xorijiy tillar, pedagogika kafedrasi mudiri PhD v.b prof. Israilova M.N. va kafedra prof-o’qituvchilari bilan birgalikda “Gumanitar

bilimlarni klinik amaliyotga integratsiyalash, shifokor shaxsini shakllantirish masalalari” mavzusida xalqaro ishtirokdagi respublika ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada o’tkazildi. Anjumanda respublika hamda xorijiy oliy ta’lim va tibbiyot muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar. Tadbir davomida: tibbiyot va gumanitar fanlar integratsiyasi, shifokor shaxsini shakllantirish, tibbiy kommunikatsiya va psixologik yondashuvlar, zamonaviy klinik ta’lim muammolari va yechimlari yuzasidan dolzarb […]

photo_2026-05-26_15-22-22 (3)
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2026-yil 26-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida sport tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida My.sport.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar normativ sport sinovlarini topshirishda faol qatnashdilar. Ishtirokchilar sport mashg‘ulotlari jarayonida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, faolligi va jamoaviy birdamligini namoyish etdilar. Mazkur sport […]

tg_photo-779
2026-yil 22-may kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqasiga kuzatish marosimi yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda

bo‘lib o‘tdi. Mazkur yirik sport bayramida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Stadionda jam bo‘lgan minglab muxlislar qatorida universitetimiz prorektorlari, profilaktika inspektorlari, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda 500 nafardan ortiq talaba-yoshlar milliy terma jamoamizni faol qo‘llab-quvvatlab, futbolchilarimizga samimiy tilak va olqishlarini bildirdilar. Bayramona muhit, vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar hamda muxlislarning jo‘shqin qo‘llab-quvvatlashi […]

tg_photo-776
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “URGANCH-2030” III-xalqaro fan olimpiadasida g’olib boldilar.

2026-yil 22-23 may kunlari Urganch davlat tibbiyot institutida tibbiyot oliygohlari talabalari o‘rtasida “URGANCH-2030” III-xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda, Toshkent davlat tibbiyot universitetining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 10 nafar talabalardan iborat jamoa ishtirok etdi. Nufuzli xalqaro fan olimpiadasi natijalariga ko‘ra, ishtirok etgan barcha universitet talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar hamda diplomlar bilan taqdirlandilar: […]

tg_photo-772
Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Bulbulcha” bolalar ansambli tomonidan taqdim etilgan “Quvnoq alifbo”

nomli musiqiy-konsert dasturi namoyishi tashkil etildi. 2026-yil 22-may kuni “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan mazkur dastur jajji tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda musiqa va ta’lim uyg‘unligida yaratilgan qo‘shiqlar bolajonlarga quvonch va iliq taassurotlar ulashdi. Konsert dasturi Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, shoira Kavsar Turdiyeva she’rlari hamda O‘ktamjon Shokarimovning ovoz sozlash […]

photo_2026-05-25_13-01-03
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2026-yil 25-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida sport tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida My.sport.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar normativ sport sinovlarini topshirishda faol qatnashdilar. Ishtirokchilar sport mashg‘ulotlari jarayonida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, faolligi va jamoaviy birdamligini namoyish etdilar. Mazkur sport […]

tg_photo-770
Inson qalbiga yo‘l — imo-ishora tili orqali!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi jamoasi hamda talabalar tomonidan “Surdotarjimonlik” yo‘nalishiga targ‘ibot videosi tayyorlandi. Videoda: TDTUning xalqaro darajadagi nufuzi; atiga 3 yillik o‘qish muddati; bitiruvchilarning tibbiyot, ta’lim, sud-huquq va media sohalarida ishlash imkoniyatlari; eng muhimi — kar va zaif eshituvchi insonlar hayotida haqiqiy ko‘prik bo‘lish baxti haqida so‘z boradi. Agar siz talabgir, […]

tg_photo-764
Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Akademik litsey o’rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-son akademik litseyiga tashrif amalga oshirildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-son xirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri S.R. Baymakov boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari  X.A. Abdumajidov, Sh.R. Mexmanov, X.S. Xodjiyev hamda Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi xodimlari ishtirokida azmunli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarga bugungi kunda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim olish va kasb tanlashdagi zamonaviy yo‘nalishlar hamda mavjud shart-sharoitlar haqida batafsil […]

tg_photo-763
FAKULTETIMIZ FAXRLARI: “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” TANLOVIDA ULKAN ZAFAR!

1-son Davolash fakulteti jamoasi va iqtidorli talabalari navbatdagi yuksak cho‘qqini zabt etishdi! Toshkent davlat tibbiyot universitetining Medical Avengers jamoasi a’zolari bo‘lgan innovator talabalarimiz “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining respublika bosqichida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Quvonarlisi, ushbu g‘oliblar safida fakultetimizning quyidagi iqtidor egalari bor: Boqiyev Jahongir — 1-Davolash fakulteti, 5-kurs talabasi; Norqulova Mubinabonu — 1-son Davolash fakulteti, […]