Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Privoljsk ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvning asosiy maqsadi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ularni yanada takomillashtirish hamda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Mehmonlarni Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradov hamda universitet prorektorlari qabul qildi. Tashrif davomida PTTU prorektori qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Nijniy Novgorod shahrida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, […]


