tg_photo-599
“Eko Avlod 4” oromgohida “EkoMed” klubi koordinatori faol ishtirok etdi

“Eko Avlod 4” oromgohida “EkoMed” klubi koordinatori faol ishtirok etdi 11–16-may kunlari O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Eko Avlod 4” oromgohi bo‘lib o‘tdi. Mazkur oromgohda Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi “EkoMed” klubi koordinatori Ne’matova Gulsora Mirzajon qizi ham faol ishtirok etdi. Oromgoh davomida ishtirokchilar liderlik, nutq madaniyati, jamoa bilan ishlash, […]

photo_2026-05-21_10-58-16
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” DOIRASIDAGI FAKULTETLARARO VOLEYBOL MUSOBAQALARI YUQORI SAVIYADA YAKUNLANDI!

Universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi voleybol bahslari qizg‘in va murosasiz  tarzda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa davomida barcha fakultet jamoalari yuqori tayyorgarlik, kuchli iroda va haqiqiy sport mahoratini namoyish etdilar. Faxrli 1-o‘rinni […]

photo_2026-05-22_14-16-06
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” DOIRASIDAGI FAKULTETLARARO VOLEYBOL MUSOBAQALARI YUQORI SAVIYADA YAKUNLANDI!

Universitetda talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida qizlar jamoalari o‘rtasidagi voleybol bahslari qizg‘in va murosasiz ruhda bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar davomida barcha fakultet jamoalari yuqori tayyorgarlik, tezkorlik, jismoniy chidam va haqiqiy sport mahoratini namoyon etib, muxlislarga ko‘tarinki […]

tg_photo-593
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va Endokrinologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan ijtimoiy mas’uliyat doirasida navbatdagi xayriya aksiyasi amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus doirasida Toshkent shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassislar tomonidan aholining sog‘lig‘i tekshirilib, zarur tavsiyalar va davolash bo‘yicha maslahatlar berildi. Ushbu xayriya aksiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash hamda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat […]

tg_photo-592
Toshkent davlat tibbiyot universitetida malakaviy imtihonining 2-kuni o’tkazilmoqda

2026-yil 18-20-may kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar bo’lib o’tmoqda. Imtihon topshiruvchilar chet tili va mutaxassislik fanlari bo‘yicha belgilangan tartibda sinovdan o‘tmoqda. Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida tashkil etilib, izlanuvchilarning ilmiy tayyorgarligi, kasbiy salohiyati va mustaqil tadqiqot olib borish qobiliyatini baholashga qaratilgan. Universitet tomonidan imtihon jarayonlarini samarali tashkil […]

tg_photo-586
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari hamda Qibray tumanidagi “Axillik” mahallasi yoshlari hamkorligida sport-sog‘lomlashtirish tadbiri doirasida

futbol musobaqasi tashkil etildi. 2026-yil 18-may kuni o‘tkazilgan mazkur musobaqa “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida amalga oshirilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport madaniyatini namoyon etib, o‘zaro do‘stona va raqobatbardosh muhitda bellashdilar. Tadbir, […]

tg_photo-585
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti “MedDominus” klubi tomonidan tashkil etilgan “Mutolaa maskani” kitobxonlik to‘garagining joriy o‘quv yilidagi yakuniy

soni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yil davomida mutolaa qilingan badiiy va ilmiy asarlar yuzasidan talabalar o‘rtasida qiziqarli bellashuv tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, tahliliy fikrlashi hamda kitobxonlik madaniyatini namoyon etib, faol qatnashdilar. Bellashuv jarayonida asar qahramonlari, mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda mualliflar ijodi bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir davomida “Mutolaa maskani” to‘garagining bir yillik […]

tg_photo-584
Toshkent davlat tibbiyot universitetida zamonaviy bilim va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi amaliy mashg‘ulot muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti huzuridagi “MedDominus” klubi tomonidan tashkil etilgan “Kompyuter savodxonligi” to‘garagining 2025–2026 o‘quv yili uchun so‘nggi mashg‘uloti 14-may kuni o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talabalar sun’iy intellekt platformalaridan samarali foydalanish, rasmiy hujjatlar va portfolio tayyorlash, shuningdek, taqdimot, matn va dizaynlarni zamonaviy yondashuv asosida ishlab chiqish bo‘yicha muhim amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Jarayon interaktiv va amaliy […]

tg_photo-578
Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan texnikum hamkorligi davom etmoqda…

 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Bolalar kasalliklari» kafedrasi dotsenti Kurbanova D.R. katta o‘qituvchi Kasimova M.B. dotsent Agzamxadjayeva N.S.,hamda kafedra katta o‘qituvchisi Isabayeva D.X.lar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida texnikum rahbariyati va o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, texnikum o‘qituvchilari uchun […]

tg_photo-577
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Jamoat salomatligini saqlash maktabi tashabbusi bilan sog‘lom ovqatlanish, zamonaviy nutritsiologiya va hujayra darajasida ovqatlanishni optimallashtirish

mavzusida xalqaro ekspert, shifokor-nutritsiolog Luidji Gratton ishtirokida ma’ruza tashkil etildi. Mazkur tadbir davomida noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatlari, ortiqcha vazn, qandli diabet hamda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, AQShda amalga oshirilayotgan “Diabetning oldini olish milliy dasturi” (DPP) misolida sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikning inson salomatligidagi o‘rni ilmiy asosda yoritib berildi. Ma’ruza jarayonida […]