2026-yil 23-may kuni ToshDavTU 3-Davolash fakulteti O’zbek va xorijiy tillar, pedagogika kafedrasi mudiri PhD v.b prof. Israilova M.N. va kafedra prof-o’qituvchilari bilan birgalikda “Gumanitar
bilimlarni klinik amaliyotga integratsiyalash, shifokor shaxsini shakllantirish masalalari” mavzusida xalqaro ishtirokdagi respublika ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada o’tkazildi. Anjumanda respublika hamda xorijiy oliy ta’lim va tibbiyot muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar. Tadbir davomida: tibbiyot va gumanitar fanlar integratsiyasi, shifokor shaxsini shakllantirish, tibbiy kommunikatsiya va psixologik yondashuvlar, zamonaviy klinik ta’lim muammolari va yechimlari yuzasidan dolzarb […]


