Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari yakunlandi
Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari yakunlandi. Suhbatlar davomida bitiruvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan motivatsiyasi, shaxsiy-kasbiy xususiyatlari, soha bo‘yicha bilimlari va kasbiy ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholandi. Mazkur jarayon texnikum bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirishlari hamda tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar […]






