tg_photo-46
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetidaYangi o‘quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti talabalari uchun yangi 2026/2027 o‘quv yili boshlanishi va Yurtimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani, dotsent A.Valiyev ochib berib, talabalarni yangi 2026/2027 o‘quv yili va mustaqilligimizning 35- yilligi bilan tabriklab, […]

tg_photo-36
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, soha faxriylari, talabalar hamda universitet jamoasi vakillari ishtirok etdi. Tantanali yig‘ilish avvalida yurtimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim va tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, tibbiyot ta’limini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilm-fan bilan ta’lim integratsiyasini kuchaytirish […]

tg_photo-35
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori yangi 2026/2027-o‘quv yili munosabati bilan talabalarga tabrik yo’lladi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirda universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov yoshlarimizga o‘z samimiy tabrigini yo‘llamoqda.TABRIKNI O’QISH Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

tg_photo-33
Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini boshlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir o’tkazilmoqda

Ayni daqiqalarda Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir boshlandi. “Yangi 2026–2027-o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin!” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar hamda talabalar jam bo‘lmoqda. Bayram dasturidan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli […]

photo_2026-09-06_14-04-24
“Toshkent xalqaro yarim marafoni”

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent xalqaro yarim marafoni” ommaviy yugurish musobaqasi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Toshkent davlat tibbiyot universitetining talabalari va universitet professor o’qituvchilari hodimlari ishtirokida yarim marafon yugirishda faol qatnashishdi.  

tg_photo-31
Oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi

#Yangilik#Tibbiy_talimOliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida, dunyoning top (1-o‘rin) hamshiralik maktabiga ega bo‘lgan Pensilvaniya universiteti (AQSH) bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi. “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishiga o‘zgartirilib, bitiruvchi ayollarga “hamshira”, erkaklarga esa “tibbiyot […]

tg_photo-30
Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi

#Yangilik#Tibbiy_talimRezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab shifokor-mutaxassislar tayyorlash to‘liq rezidentura dasturlari orqali amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul to‘xtatiladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli qayta tayyorlash dasturlari orqali yangi tor ixtisoslikka ega bo‘lish amaliyoti bekor qilinadi. Magistratura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlash bosqichi sifatidagi maqomini yo‘qotib, faqat ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga […]

tg_photo-28
⏺🟦🟦🟦 #Ilmiymeroshaftaligi

#IlmiymeroshaftaligiIbn Sinodan zamonaviy farmakologiyagacha… Urushdan keyingi yillarda Isxoq Komilovich Komilov oldida yana bir yirik ilmiy vazifa turardi. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarini akademik nashrga tayyorlayotgan bir davrda, farmakologiyani chuqur bilishi va arab yozuvidan xabardorligi sababli olim asarning dorivor vositalarga bag‘ishlangan II jildi ustida ishlagan mualliflar jamoasiga jalb etildi. Olimning […]

tg_photo-27
Ilmiy meros haftaligi

Ilmning umri olimning umri bilan o‘lchanmaydi… Biz bugun o‘z ilmiy ildizlarimizni qanchalik yaxshi bilamiz? Kafedralarimizga kimlar poydevor qo‘ygan? Ularning ilmiy g‘oyalari bugun kimlarning tadqiqotlarida davom etmoqda? «Ilmiy meros haftaligi» ana shu savollarga javob izlaydi. Ilk qahramonimiz — professor Isxoq Komilov. Abu Ali ibn Sino merosidagi dorivor o‘simliklar haqidagi bilimlarni zamonaviy ilm bilan bog‘lashga xizmat qilgan, […]