tg_photo-150
MENTORLIK – BIRINCHI QADAM, YANGI IMKONIYATLAR!

Bugun universitetimizda mentorlik faoliyatining ilk kuni bo‘lib o‘tdi. Kun davomida talabalar universitetimizning tarixi, fakultetlari, ta’lim yo‘nalishlari, ichki tartib-qoidalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalar universitet hayoti, o‘quv jarayoni va kelgusidagi imkoniyatlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyat esa ilk kunni yanada mazmunli […]

tg_photo-149
Magistratura bosqichida tahsil olayotgan 1-2-3 kurs xotin-qizlar diqqatiga

Xotin-qizlarning ta’lim olishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida kontrakt to‘lovlarini davlat budjeti hisobidan qoplash bo‘yicha tegishli jarayonlarni rasmiylashtirish boshlandi. Shu munosabat bilan magistratura bosqichida tahsil olayotgan xotin-qizlardan:kontrakt.edu.uz elektron tizimiga kirish; shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish; kontrakt shartnomasi ma’lumotlarini ko‘rib chiqish; belgilangan tartibda ariza rasmiylashtirish so‘raladi. MUHIM: Arizalarni belgilangan 15.09.2026 muddatlarda rasmiylashtirish lozim. Elektron manzil:kontrakt.edu.uzToshkent davlat tibbiyot universitetiMagistratura bo‘limi […]

tg_photo-139
Yangi avlod, yangi marralar: Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-bosqich talabalari kutib olindi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetining barcha kampuslarida yangi o‘quv yilining ilk qadamlari tashlandi. 2026/2027-o‘quv yilida universitet talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan 1-bosqich yoshlar tantanali ravishda kutib olindi. “Yangi 2026–2027-o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirlarda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, taniqli shoirlar va ijodkorlar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirlar davomida universitet hayotiga ilk bor […]

Yangi o‘quv yilining ilk kunlari. Toshkent davlat tibbiyot universitetining uchta binosida bir paytda talabalar gavjum bo‘ldi. Auditoriyalarda — Mustaqillik sabog‘i, yo‘laklarda — yangi muhitni

Yangi o‘quv yilining ilk kunlari. Toshkent davlat tibbiyot universitetining uchta binosida bir paytda talabalar gavjum bo‘ldi. Auditoriyalarda — Mustaqillik sabog‘i, yo‘laklarda — yangi muhitni o‘rganayotgan yoshlar, klinik modellashtirish maydonlarida esa hali kechagina abituriyent bo‘lgan yigit-qizlarning hayratli nigohlari… Bugun ular uchun odatiy dars kuni emas. Universitet rektori uchala binoda ham talabalar bilan uchrashdi. https://telegra.ph/KATTA-MAQSADLAR-OSTONASIDA-09-14 Rasmiy sahifalarimiz: […]

tg_photo-136
1-davolash fakultetida tanishtiruv ishlari boshlandi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv ishlari boshlandi. Mazkur jarayonning asosiy maqsadi — yangi talabalarni universitet hayoti, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish, talabalik hayotining ilk bosqichini mazmunli va samarali tashkil etishga ko‘maklashish. Tanishtiruv ishlariga 1-davolash fakulteti dekani Yusupov Shoxrux Shuxratovich boshchilik […]

tg_photo-123
Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya kampusida 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir “Yangi 2026–2027-o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin!” shiori ostida tashkil etilib, unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar hamda talabalar ishtirok etmoqda. Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik darsi” ham o‘tkazilib, mamlakatimiz taraqqiyoti, ta’lim va tibbiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram […]

tg_photo-120
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik» maqolasi e’lon qilindi

PrezidentShavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik» maqolasi e’lon qilindi Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — «The Chosun Daily»da Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik» sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda […]

photo_2026-09-14_12-12-00
Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun kutib olish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Yangi 2026–2027-o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin!” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar hamda talabalar jam bo‘lgan. Bayram dasturidan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim va tibbiyot sohasida erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, universitetning yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan chiqishlar o‘rin olgan. Shuningdek, birinchi bosqich talabalari universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, […]