ZAMONAVIY REVMATOLOGIYA: TASHXISDAN SHAXSIYLASHTIRILGAN
DAVOLASHGACHA Revmatik kasalliklar faqat bo‘g‘imdagi og‘riq bilan cheklanmaydi. Ularning ayrimlari immun tizimi, yurak-qon tomir tizimi, buyraklar, o‘pka, teri va boshqa a’zolarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois zamonaviy revmatologiyada kasallikni erta aniqlash, asoratlarning oldini olish va bemorni kompleks boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Toshkentda davom etayotgan VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi — LEAR 2026 ilmiy dasturining […]









