tg_photo-116
Mehr Ko‘prigi inklyuziv media klubidan yangi video qo‘llanma!

Aziz talabalar va ota-onalar! Mehr Ko‘prigi inklyuziv media klubi tomonidan imkoniyati cheklangan talabalar uchun universitet binosi bo‘ylab maxsus video qo‘llanma tayyorlandi. Videoda: universitet binosiga kirish yo‘llari; panduslar; liftlardan foydalanish imkoniyatlari; qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘nalishlari batafsil ko‘rsatib berilgan. Ushbu video qo‘llanma talabalarimizga universitet hududida erkin, qulay va ishonch bilan harakatlanish uchun amaliy yordam beradi. Biz […]

tg_photo-115
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:

Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;   Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 […]

tg_photo-114
TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR MARKAZI

Markaz xodimlari sizlarga TTJ va ijara xonadonlari bo‘yicha savollaringizga javob berish, kerakli ma’lumotlarni taqdim etish hamda ijara xonadonlariga joylashish masalalarida ko‘maklashish uchun xizmat qiladi. Telefon: 71 214 84 18 Qo‘ng‘iroqlarga javob berish vaqti: 08:00–17:30 Telegram bot:@ttj_ttj_botSizga yordam berishga tayyormiz! KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR TTJga arizalarni qabul qilish qachondan boshlanadi? Talabalar turar joylariga (TTJ) arizalarni qabul qilish […]

tg_photo-113
1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

#rasmiy_bayonot1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. […]

tg_photo-112
REKTOR TABRIGI

Aziz talabalar! Sizlarni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga talaba bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizning bugungi yutug‘ingiz — katta mehnat, izlanish va intilishlaringizning munosib natijasidir. Endilikda sizlarni hayotingizning yangi, mas’uliyatli va sharafli bosqichi kutmoqda. Tibbiyot — inson hayoti va salomatligi uchun yuksak mas’uliyatni talab qiladigan ulug‘ kasb. Ishonamanki, siz universitetimizda puxta bilim olib, zamonaviy tibbiyot […]

tg_photo-110
Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari yakunlandi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari yakunlandi. Suhbatlar davomida bitiruvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan motivatsiyasi, shaxsiy-kasbiy xususiyatlari, soha bo‘yicha bilimlari va kasbiy ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholandi. Mazkur jarayon texnikum bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirishlari hamda tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar […]

tg_photo-109
Aziz yoshlar!

#vazir_tabrigi Aziz yoshlar!2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi i zlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. […]

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan universitetning videolari, Reels va rasmiy uchrashuvlari uchun yagona mualliflik huquqi asosida maxsus musiqiy

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan universitetning videolari, Reels va rasmiy uchrashuvlari uchun yagona mualliflik huquqi asosida maxsus musiqiy asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi. Endilikda universitetning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadigan videolarda universitetga xos, mualliflik huquqi asosida yaratilgan cinematic, epic va diplomatic musiqiy kompozitsiyalardan foydalaniladi. Mazkur tashabbus universitetning media kontentini yagona uslubda shakllantirish, videolarga […]

tg_photo-108
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda?

Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya’ni 40 foizi ishtirok etgan. Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va […]