tg_photo-447
Ayni vaqtda Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yaponiyaning nufuzli tibbiyot tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv avvalida mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni, klinik bazalar, ilmiy salohiyat hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida rasmiy muloqot boshlandi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiy ta’lim, tibbiyot kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, akademik almashinuvlarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, stajirovkalar tashkil etish, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda xalqaro […]

tg_photo-444
Toshkent davlat tibbiyot universitetida reabilitatsiya bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda

Seminar davomida ishtirokchilar Yaponiya reabilitatsiya tizimining o‘ziga xos jihatlari, bemorlarni tiklash jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar va xalqaro amaliyotda keng foydalanilayotgan baholash tizimlari bilan tanishmoqda. Tadbir dasturidan reabilitatsiyaning mazmun-mohiyati va asosiy maqsadlari, nogironlikka kompleks yondashuv hamda ICF (International Classification of Functioning, Disability and Health) tizimi asosida tahlil qilish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, reabilitatsiya samaradorligini baholashda FIM […]

tg_photo-439
Toshkent davlat tibbiyot universitetida kafedralarning so‘nggi 6 oylik faoliyati natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda.

Yig‘ilish jarayonida kafedralar tomonidan amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahlil qilinib, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda zamonaviy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinmoqda. Ochiq va tanqidiy ruhda o‘tayotgan mazkur […]

tg_photo-434
Institut tinglovchilari qonun ijodkorligi faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” yo‘nalishi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.BATAFSILVeb-sayt | Telegram | Facebook| YouTube | Instagram|  X | ParlamentTV_RADIO | Yoshlar parlamenti

tg_photo-433
Katta hayot, katta sahnadan boshlandi…

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2025–2026-o‘quv yili o‘z nihoyasiga yetdi. Shu munosabat bilan millionlab abituriyentlar orzu qiladigan dargohning bakalavriat va magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun “BITIRUVCHI–2026” tantanali tadbiri muhtasham Xalqlar do‘stligi san’at saroyida yuqori saviyada tashkil etildi. Yoshlarimiz uchun unutilmas bayramga aylangan ushbu tantanada mehmonlarni kirish qismidayoq simfonik orkestr sadolari qarshi oldi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, betakror raqslar va […]

tg_photo-432
Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi!O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi! Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom! Bizni kuzating […]

tg_photo-426
“Milliy libosimiz – milliy qadriyatlarimiz” shiori ostida olmazor tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Milliy libosimiz – milliy qadriyatlarimiz” shiori ostida olmazor tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Toshkent davlat tibbiyot universitetining lider qizlari tomonidan milliy liboslarimiz namoyishi, xalqimizning boy madaniy merosi va urf-odatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ishtirokchilarga milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan qiziqarli chiqishlar namoyish etildi. Bolajonlarning kuy-qo‘shiqlar sadolari ostidagi raqslari tadbirga o‘zgacha fayz […]

tg_photo-417
Toshkent davlat tibbiyot universitetida yetakchi olimlar, shifokorlar va pediatriya sohasidagi ekspertlarni birlashtirgan “Bolalar salomatligini muhofaza qilishning fanlararo jihatlari” mavzusidagi

xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z yakuniga yetdi. Tadbir davomida bolalar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, pediatriyada innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida dolzarb ahamiyat kasb etayotgan mavzular yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Anjuman doirasida bolalar kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika […]

tg_photo-416
Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik!

#Qabul2026#Texnikum#OliyTaʼlimTexnikum muvaffaqiyatlibitiruvchilari uchun muhim yangilik!2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ro‘yxat bilan quyidagi […]