Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining faol va tashabbuskor Volontyor talabalari Toshkent Pharma Park’da bo‘lib o‘tgan “Pharma Eurasia 2026” xalqaro konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok
etishdi. Mazkur xalqaro ko‘rgazmada Hindiston, Turkiya, Koreya kabi davlatlardan tashrif buyurgan yirik farmatsevtika kompaniyalari vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar qatnashdi. Volontyor talabalar konferensiya davomida xorijiy mehmonlar bilan tarjimonlik faoliyatini olib borishdi, ko‘rgazma tashkiliy jarayonlarida faol yordam berishdi, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar va yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bunday xalqaro […]








