2026/2027-oʻquv yilida magistratura mutaxassisliklariga tavsiya etilgan talabgorlar diqqatiga!
Magistraturaga tavsiya etilgan talabgorlardan (talabgorlar o‘z natijalari bilan my.edu.uz shaxsiy kabinetida tanishishlari mumkin)ro‘yxatga muvofiq hujjatlar 11-sentabrdan boshlab 19-sentabrgacha Toshkent davlat tibbiyot universitetining 3-TTJda qabul qilinadi (dushanba-shanba, 09:00-17:30 gacha). Eslatma: Magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish bo‘yicha arizani 2026-yil 15-sentabrga qadar topshirishlari zarur. Qo‘shimcha savollar uchun […]








