COP31 doirasida O‘zbekiston va Marokash ekologik ta’lim hamda yashil kompetensiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirning hamkor tashkilotchilari sifatida ishtirok etadi.
O‘zbekiston nomidan Zamin xalqaro jamoat fondi, Marokash tomonidan Muhammad VI nomidagi Atrof-muhitni muhofaza qilish jamg‘armasi va Marokash korxonalari bosh konfederatsiyasi (CGEM), shuningdek, Xalqaro ekologik ta’lim fondi (FEE) tomonidan taqdim etilgan qo‘shma ariza saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi (UNFCCC) Kotibiyati tomonidan tasdiqlangan COP31 rasmiy dasturiga kiritildi. «Yashil maktablardan yashil kasblargacha: uzluksiz […]









