Talaba bo‘lish — sharaf va yuksak mas’uliyat!
9-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Darsda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, tarix fanlari professori A.A. Mavrulov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, dolzarb ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, davlatimiz rahbarining so‘nggi uchrashuv va tashriflari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi. Xususan, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni kasb va chet tillariga tayyorlash, mehnat migratsiyasi tizimini […]









