Hurmatli talabalar!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun tyutorga murojaat qilishni yanada qulay va tezkor tashkil etish maqsadida @tyutor_tsmu_bot ishga tushirildi. Mazkur bot orqali siz: — Tyutoringizga yo‘llamoqchi bo‘lgan murojaatingizni yuborishingiz; — Murojaatingiz mazmunini batafsil bayon etishingiz; — O‘z shaxsiy aloqa ma’lumotlaringizni qoldirishingiz mumkin. Murojaat matnida tyutoringizning ism-sharifini to‘liq ko‘rsatishingiz, hamda murojaat sababini aniq va tushunarli bayon […]
Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Jamoat salomatligi texnikumlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasidagi navbatdagi tashrif.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi t.f.d., dotsent Abdullayev N.Ch., t.f.n., dotsent To’xtayeva O.T., ass. Yusupova M.A., Qadamov B.A. Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirdilar. Tashrif doirasida texnikumda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va o’quvchilar uchun “Allergologiya: inson salomatligidagi o‘rni va zamonaviy ilmiy qarashlar” mavzusida seminar-trening […]
E’lon!
Hurmatli hamkasblar! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ichki kasalliklar nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti Usmanova Umida Shuxratovna tomonidan Ichki kasalliklar fanidan 2025 yil 25-dekabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi bazasida Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti uchun “Yurak ritm buzilishi (Aritmiya) patogenez, diagnostika va zamonaviy davolash usullari” mavzusidagi ochiq amaliy dars o‘tkaziladi. Views: 221
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Konstitutsiya va yoshlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2025-yil 4-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” umumiy shiori ostida “Konstitutsiya va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirga universitet rahbariyati, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlari hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika va Toshkent shahar kengashi, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirok etdi. […]
Fakultetlararo basketbol musobaqalariga rasman start berildi.
ToshDavTU Pediatriya sport majmuasida talaba yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishga qaratilgan navbatdagi “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida fakultetlararo basketbol turi bo’yicha musobaqalariga rasman start berildi. Musobaqalar Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti dekani – Valiyev Abdusamad Razzakovich mas’ulligida tashkil etildi. Bellashuvlarda universitetning barcha fakultetlarning jamoalari ishtirok etib, o‘zaro do‘stlik, birdamlik va sog‘lom raqobat ruhini namoyon etdilar. Jamoalar […]
E’lon!
Hurmatli hamkasblar! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ichki kasalliklar nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti Usmanova Umida Shuxratovna tomonidan Ichki kasalliklar fanidan 2025 yil 25-dekabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi bazasida Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti uchun “Yurak ritm buzilishi (Aritmiya) patogenez, diagnostika va zamonaviy davolash usullari” mavzusidagi ochiq ma’ruza o‘tkaziladi. Views: 208





