tg_photo-490
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-kampusida “15-may — Xalqaro oilalar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Xalqaro oilalar kuni har yili 15-may sanasida nishonlanadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasining 1993-yildagi A/RES/47/237 rezolyutsiyasi bilan e’lon qilingan bo‘lib, xalqaro hamjamiyat tomonidan oilaga qaratilayotgan yuksak e’tibor va e’tirofni aks ettiradi. 15-may kuni Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan universitet magistrlari va talabalari ishtirokida “Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” […]

tg_photo-488
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VOLEYBOL TERMA JAMOALARI MUNOSIB ISHTIROK ETDI!

“Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilgan Respublika bosqichi musobaqalarida Toshkent davlat tibbiyot universitetining qizlar va yigitlardan tashkil topgan voleybol terma jamoalari “B” guruh bahslarida munosib ishtirok etib, o‘zlarining chiroyli va mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozondi. Musobaqada Respublikadagi eng kuchli jamoalar ishtirok etganiga qaramasdan, jamoamiz har bir uchrashuvda yuqori mahorat, jangovor ruh va haqiqiy sportchilarga xos iroda […]

tg_photo-485
Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” hamda “Kasbiy ta’lim (Davolash ishi)” ta’lim yo‘nalishlari 6-kurs talabalari uchun “Dispansarizatsiya va tibbiy ekspertiza

hujjatlarini yuritish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Seminar universitet rektorining 2026-yil 12-may sanasidagi 1990-sonli buyrug‘iga asosan universitet O‘quv-uslubiy departamenti va tegishli dekanatlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, seminar davomida aholini dispansar kuzatuviga olish, tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va sifatli yuritish, nogironlik hamda mehnatga layoqatsizlikni aniqlash bo‘yicha tibbiy ekspertizani tashkil etish bilan bog‘liq dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar o‘qilmoqda. […]

tg_photo-481
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VOLEYBOL TERMA JAMOASI — RESPUBLIKA BOSQICHI SARI!

“TALABALAR LIGASI” doirasida o‘tkazilayotgan voleybol sport musobaqalarining RESPUBLIKA BOSQICHIDA ishtirok etish uchun Toshkent davlat tibbiyot universitetining VOLEYBOL TERMA JAMOASI qadimiy va navqiron SAMARQAND shahriga yo‘l oldi! Universitetimiz sharafini himoya qilayotgan sportchi-yoshlarimizga kuch-g‘ayrat, ulkan zafar va yorqin g‘alabalar tilaymiz! Maydonlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti sha’nini munosib himoya qilib, yurtimiz sport muxlislariga unutilmas o‘yinlar taqdim etishingizga ishonamiz! […]