tg_photo-533
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Misr Arab Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hammod Tamer Fathiy Abdussalom bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar tibbiyot taʼlimi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalqaro akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda ikki davlat oʻrtasida oliy tibbiy taʼlim yoʻnalishida istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim sifati va xalqaro standartlarga mos o‘quv jarayonlari haqida maʼlumot berildi. Maʼlumot uchun, ayni paytda Toshkent […]

tg_photo-532
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI START OLADI!

19 май kuni O‘tkazilish joyi: “Shifokor” sport majmuasi Vaqti: 15:00 Musobaqa fakultetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Sport turlari: Futbol (yigitlar o‘rtasida) Voleybol (qizlar va yigitlar o‘rtasida) Stol tennisi (qizlar va yigitlar o‘rtasida) Yengil atletika (qizlar va yigitlar o‘rtasida) Shaxmat (qizlar va yigitlar o‘rtasida) Eslatma: Barcha jamoalar talabnomalarni 18 may 18:00 ga qadar mas’ullarga topshirishlari shart! Mas’ullar: […]

tg_photo-525
Toshkent davlat tibbiyot universitetida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

tashkil etildi. 2026-yil 18-may kuni 19-may — Butunjahon oilaviy shifokorlar kuni munosabati bilan universitetning 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va preventiv tibbiyot asoslari kafedrasi tomonidan “Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tizimida profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi oilaviy shifokorlar amaliyotida ko‘p uchraydigan kasalliklarni erta tashxislash, samarali davolash va ularning […]

tg_photo-520
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyo’l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi bilan  xamkorlikda  olib borilayotgan ishlar

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyo’l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi bilan  xamkorlikda  olib borilayotgan ishlar Professional ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan  ishlar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyo’l Abu Ali ibn […]

tg_photo-514
18 may — Xalqaro muzeylar kuni

18 may — Xalqaro muzeylar kuni Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiyot tarixi muzeyida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda muzey ixlosmandlari muzeyga tashrif buyurib, tarixiy eksponatlar va tibbiyot sohasining boy merosi bilan yaqindan tanishmoqdalar. Muzeyda qiziqarli suhbatlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va ekskursiyalar tashkil etildi. 18 may kuni butun dunyoda […]

tg_photo-506
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Rossiyaning N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyot ta’limi, ilmiy tadqiqotlar hamda onkologiya yo‘nalishida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya tarkibida universitet rektori vazifasini bajaruvchi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan shifokor Ivan Petrovich Moshurov, Voronej davlat klinik bolalar shifoxonasi bosh shifokori, Timofey Valeryevich Chubarov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Marina Anatolyevna Kuznetsova ishtirok […]

tg_photo-501
Toshkent davlat tibbiyot universitetida davolash ishi yo‘nalishi bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati

, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida talabalarga 2025–2026 o‘quv yilida o‘tkaziladigan Yakuniy davlat attestatsiyasining tashkiliy jihatlari, baholash mezonlari va imtihon bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, bu yil universitet bo‘yicha jami 1613 nafar bitiruvchi YADA jarayonlarida ishtirok etadi. Uchrashuvda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati talabalar bilan muloqot qilib, ularning imtihonlarga tayyorgarlik […]

tg_photo-500
18-may — Xalqaro muzeylar kuni!

18-may — Xalqaro muzeylar kuni! Bugun Oʻzbekistondagi barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan kirish bepul bo‘ladi. Mazkur sana munosabati bilan muzeylarda bayram dasturlari, yangi ko‘rgazmalar hamda turli madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Barchangizni ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, muzeylarga tashrif buyurishga chorlaymiz! Yaqinlaringizga ham ulashing va birgalikda tarix hamda madaniyat olamiga sayohat qiling!

tg_photo-491
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son travmatologiya, ortopediya va XDJ kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2026-yil 15-may kuni Zangiota tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat

salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida texnikum rahbariyati va professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik asosida olib borilayotgan ishlar rejasi atroflicha muhokama qilindi. Mazkur muloqot ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Shuningdek, talabalar talabiga binoan “Tayanch-harakat tizimida kuzatiladigan tug‘ma va orttirilgan deformatsiyalar” hamda “Shoshilinch holatlarda birinchi tez tibbiy yordam […]