Toshkent davlat tibbiyot universiteti olimlari Qirg‘izistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
16–19-sentabr kunlari Qirg‘iz Respublikasida psixiatriyaning 90 yilligiga bag‘ishlangan «Ruhiy salomatlik davrlar prizmasida: an’analar, innovatsiyalar, istiqbollar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti vakillari – professor Z.Sh. Ashurov, professor V.K. Abdullayeva va professor Sh.Sh. Magzumova faol ishtirok etmoqda. Konferensiyaning tantanali ochilish marosimida professor Zarifjon Sharifovich Ashurov tabrik so‘zi bilan chiqish qilib, […]


