photo_2026-09-19_08-31-07
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BASKETBOL MUSOBAQASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Sport majmuasida talabalar o‘rtasida basketbol sport turi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada universitet fakultetlarining o‘g‘il va qiz talabalaridan iborat jamoalari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan  intilishlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida: […]

tg_photo-275
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalik sari ilk qadam — yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan!

Toshkent davlat tibbiyot universitetidaTalabalik sari ilk qadam — yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan! Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-stomatologiya fakultetida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 103-, 104-, 108- va 109-guruh talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani S.S. Gulyamov hamda dekan o‘rinbosarlari ishtirok etib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladilar. Talabalarga o‘qish davridan […]

tg_photo-271
Toshkent davlat tibbiyot universiteti olimlari Qirg‘izistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

16–19-sentabr kunlari Qirg‘iz Respublikasida psixiatriyaning 90 yilligiga bag‘ishlangan «Ruhiy salomatlik davrlar prizmasida: an’analar, innovatsiyalar, istiqbollar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti vakillari – professor Z.Sh. Ashurov, professor V.K. Abdullayeva va professor Sh.Sh. Magzumova faol ishtirok etmoqda. Konferensiyaning tantanali ochilish marosimida professor Zarifjon Sharifovich Ashurov tabrik so‘zi bilan chiqish qilib, […]

tg_photo-267
Toshkent davlat tibbiyot universitetida har bir kunimiz Davlat madhiyasi bilan boshlanadi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026–2027-o‘quv yili doirasida ta’lim jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanmoqda. Davlat madhiyasining yangrashi talabalarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish, shuningdek, ta’lim jarayonini vatanparvarlik ruhida tashkil etishga xizmat qiladi. Mazkur ezgu an’ana har bir yangi kunni yuksak maqsadlar, mustahkam intilishlar va Vatanga sadoqat ruhida boshlashga […]

tg_photo-264
16 sentyabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni

Ozon qatlamining yemirilishi — inson faoliyati natijasida atmosferadagi ozon qatlamining siyraklashishi va unda «ozon tuynuklari» hosil bo‘lishi jarayoni. Asosiy sabablari ·Freon va xlorftoryuglerodlar: Sovutgichlar, kondisionerlar va ayerozollarda ishlatiladigan kimyoviy moddalar yuqori qavatlarga ko‘tarilib, ozon molekulalarini parchalaydi. ·Brom saqlovchi moddalar: Yong‘inni o‘chiruvchi vositalar (gallonlar) ham ozonga qarshi o‘ta xavfli hisoblanadi. ·Ifloslanish: Sanoat chiqindilari va samolyotlarning gazlari […]

tg_photo-263
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari bilan «Kelajak shifokorlari bilan samimiy uchrashuv!» mavzusida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakulteti talabalari bilan juda mazmunli va samimiy uchrashuv o‘tkazildi. Talabalik odatdagi o‘qish emas, balki buyuk va mas’uliyatli shifokorlik kasbiga qo‘yilgan ilk qadamdir. Uchrashuv davomida yoshlarimizga universiteting ichki odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati va oliygoh tartib-intizomi haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207 sonli Farmoni mazmun-mohiyati hamda rektorimiz Shuxrat Abdujalilovichning […]

tg_photo-257
Toshkent davlat tibbiyot universitetida «1-kurs maktabi» davom etmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universitetida «1-kurs maktabi» davom etmoqda Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-Davolash fakultetiga yangi o’quv yilidan 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan«1-kurs maktabi» dasturi doirasida uchrashuv o’tkazildi. Tadbir davomida birinchi bosqich talabalari universitet rahbariyati, undagi ichki tartib va odob-axloq qoidalari, kredit-modul tizimi, stipendiya tayinlash tartibi, Prezident va nomli davlat stipendiyalar hamda universitetdagi mavjud stipendiya va tanlovlar, […]

tg_photo-256
Prezidentimiz Koreyada o‘qiyotgan parkentlik qizning biotibbiyotga doir tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Janubiy Koreyaning Yonsei universitetida biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishida magistraturada tahsil olayotgan parkentlik Marjona Qiyomova Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqotda O‘zbekistonda to‘liq moliyalashtiriladigan milliy biotibbiyot muhandislari dasturini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi. Davlat rahbari mazkur takliflarni inobatga olgan holda loyihani Olmazor tumanida tashkil etish masalasini ishlab chiqish, bir oy ichida tegishli qaror va takliflarni tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga […]

tg_photo-255
Professor Tal’at Saydalimovich Agzamxo’jayev nomidagi klinik bilim va amaliy ko’nikmalar bo’yicha universitet talabalarining I Olimpiadasi birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar 30 ta test savoli va 10 ta klinik keys ni bajarishdi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan 15 nafar talaba keyingi — ikkinchi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! Birinchi bosqich jarayoni va barcha tafsilotlarni jamoamiz tomonidan tayyorlangan videoda tomosha qilishingiz mumkin! Final bosqichi ishtirokchilariga omad tilaymiz!Tashkent davlat tibbiyot universitetiIqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot […]

tg_photo-249
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetida guruh murabbiylari bilan maqsad va vazifalar belgilandi

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida 4-, 5- va 6-kurs talabalarining ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish hamda ularning yashash sharoitini o‘rganish va nazorat qilib borish maqsadida guruh murabbiylari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Universitet prorektori T.A. Bobomuratov, rektor maslahatchisi B.T. Egamberdiev, 1-davolash fakulteti dekani Sh.Sh. Yusupov, shuningdek, kafedralarning […]