“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu […]

tg_photo-216
“Munozara” respublika turniriga start berildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Fanlar Akademiyasi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining yangi mavsumiga start beradi. Turnirda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin. “Munozara” respublika turniri uch bosqichda […]

tg_photo-206
Professor Baxtiyor G‘afurovning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahrida tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor G‘afurovich G‘afurovning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Nevrologiya evolyutsiyasi: manbalardan zamonaviy ilm-fan yutuqlarigacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nevrologiya sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, olimlar hamda tibbiyot ta’limi va amaliyoti vakillari ishtirok etdi. Professor B.G‘afurov nevrologiya sohasida katta ilmiy va amaliy maktab yaratgan mutaxassislardan biridir. U 700 dan ortiq […]

tg_photo-200
Toshkent davlat tibbiyot universiteti kafedrasi tomonidan texnikumga tashrif amalga oshirildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-son “Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ” kafedrasi texnikumlar bilan hamkorlik doirasida Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi. 2026-yil 11-sentabr kuni kafedraning texnikumlar bilan hamkorlik bo‘yicha mas’ul katta o‘qituvchisi Qodirova Shoira Abduraxmanovna texnikumning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.X. Sharafitdinova hamda 1-“Kasbiy fanlar” kafedrasi mudiri […]

tg_photo-191
Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti dekani A. Valiyev hamda dekan o‘rinbosarlari yangi qabul qilingan talabalar bilan uchrashib, ularni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirdilar. Uchrashuv davomida universitet va fakultet tuzilishi, kafedralar, ta’lim jarayoni hamda ichki tartib-qoidalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar talabalikka qabul […]

tg_photo-187
“Odob-axloq qoidalari” va “Giyohvandlik — umr zavoli”

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-stomatologiya fakultetida 2-kurs talabalari ishtirokida “Odob-axloq qoidalari” va “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik suhbat o‘tkazildi. Tadbirda Yashnobod tumani IIO FMB 2-IIB profilaktika katta inspektori, podpolkovnik B.T. Qurbonov ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, yuksak ma’naviyat va huquqiy madaniyatni shakllantirish, shuningdek, giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga […]

tg_photo-186
1-davolash fakultetida tanishtiruv ishlari — 2-kun!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv ishlari 2-kun ham davom etmoqda. Jarayon davomida talabalar universitet hayoti, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirilmoqda. Tanishtiruv ishlariga 1-davolash fakulteti dekani Yusupov Shoxrux Shuxratovich boshchilik qilmoqda. Talabalarga o‘quv jarayonidagi mas’uliyat, huquq va majburiyatlar hamda fakultet faoliyati […]

tg_photo-185
YANGI O‘QUV YILIGA XUSH KELIBSIZ!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-kampusida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi hamda 1-kurs talabalarini universitet safiga qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etib, yangi o‘quv yilining boshlanishi tantanali ravishda nishonlandi. Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi marralar va ulkan imkoniyatlar sari!Barcha talabalarimizga o‘qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#YangiOquvYili#XushKelibsiz#Talabalik#YangiMarralar#2Kampus Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | […]

tg_photo-181
Talabalar turar joyida kiberxavfsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joyida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda Olmazor tumani IIO FMB mas’ul xodimlari — HPB KPB boshlig‘i, katta leytenant Anvar Azimovich Hakimov va mayor Rustam Tolibqulovich Xudoyqulov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida 100 nafardan ortiq talaba-yoshlar ga «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun […]