Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va yangi imkoniyatlar — rahbariyat e’tiborida
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati universitetning Pediatriya kampusidagi talabalar turar joylariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, mavjud infratuzilma hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mazkur to‘garaklar a’zolari ishtirokida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar bilan samimiy muloqot qilinib, […]








