tg_photo-451
«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINI

2026-yil 9-oktabr kuni ikkinchi kampusning I pediatriya fakulteti talabalari tomonidan talabalarning mantiqiy fikrlashi, bilim doirasi, eruditsiyasi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, faol qatnashdilar hamda unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar. ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНАЯ ИГРА «ЗАКОВАТ» 9 октября 2026 года студенты […]

tg_photo-445
KIBERXAVFSIZLIK — RAQAMLI MAKONDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalarga internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyatlarning oldini olish, internet firibgarliklaridan ogoh bo‘lish hamda raqamli makonda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushunchalar berildi. Ushbu tadbirda bir qator faol talabalar ham ishtirok etib, […]

tg_photo-436
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” — MAHORAT, SHIJOAT VA G‘ALABA SARI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-Pediatriya fakulteti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Stoll tennis sport turi bo‘yicha musobaqa ko‘tarinki kayfiyat, jo‘shqin ruh va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi! Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, tezkorligi, zukkoligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishlarini namoyon etdilar. Har bir zarba, har bir ochko va har bir bellashuv […]

tg_photo-427
AMALIYOT — TA’LIMNING ENG MUHIM QISMI!

Bugun Avitsenna tibbiyot texnikumi  o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universitetga tashrif buyurib universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, Yaponiyaning zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Muzeyda […]

tg_photo-424
TTJDA TALABA-QIZLAR BILAN XOTIN-QIZLARGA OID MASALALAR YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar ishtirokida ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, kiyinish madaniyati, shaxsiy mas’uliyati hamda qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan xotin-qizlar kengashi a’zolari, psixologlar hamda talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Muloqot davomida talaba-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizga hurmat, muomala madaniyati, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, […]

tg_photo-418
ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIGA MA’RIFIY TASHRIF!

2026-yil 10-oktyabr kuni ToshDavTU Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Sh.Shoyimova va professor-o‘qituvchilar tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari ning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tarixiy bilimlari va ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi uyushtirildi. Tashrifda talabalar Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishib, Islom sivilizatsiyasining boy tarixi, buyuk ajdodlarimizning ilmiy kashfiyotlari va ma’naviy merosi, ularning […]

tg_photo-411
«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINIDA MUNOSIB G‘ALABA!

2026-yil 9-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.1-son davolash fakulteti 1-bosqich, 103-guruh talabalari : Abduvaitov Daniyal Komilova Zilola Xudayberganova Aida faol ishtirok etib, o‘zlarining teran fikrlashi, keng dunyoqarashi, zukkoligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Quvonarlisi, jamoamiz barcha raqiblar orasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! Ushbu yutuq — […]

tg_photo-407
Tashakkurnoma bilan taqdirlash marosimi

Zomin Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Anesteziologiya va reanimatologiya, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya kafedrasi dotsentlari ishtirokida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlari doirasida Raimova Dilfuza va Muxayminova Shoira tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Ushbu e’tirof ta’lim jarayonidagi faollik, hamkorlik va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Taqdirlanganlarni samimiy muborakbod […]

tg_photo-400
«BESH MUHIM TASHABBUS» OLIMPIADASI DAVOM ETMOQDA

Voleybol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi! Bugun, 10-oktabr kuni Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida «Besh muhim tashabbus» olimpiadasi doirasida voleybol bo‘yicha qizlar va yigitlar jamoalari o‘rtasida qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining mahoratlari, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Qizlar jamoalari o‘rtasida: 1-o‘rin – Sidzuku; 2-o‘rin – Daminant; 3-o‘rin – Chaqqonlar;Yigitlar jamoalari o‘rtasida: 1-o‘rin […]