«BESH TASHABBUS OLIMPIADASI» DOIRASIDA FAKULTET BOSQICHI O‘TKAZILDI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakultetida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sport musobaqalarining fakultet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani Otajonov Ilhom Otaboyevich ochib berib, ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi. Musobaqalar fakultet talabalari o‘rtasida quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi: Mini-futbol; Voleybol; Stritbol; Stol tennisi; Yengil atletika. […]









