tg_photo-816
Muqaddam bolaligidan shaxmatga qiziqadi.

Muqaddam bolaligidan shaxmatga qiziqadi. Shaxmat — oddiy o‘yin emas. U diqqatni jamlash, mantiqiy fikrlash, vaziyatni tahlil qilish va qaror uchun mas’uliyatni his etishga undaydigan aqliy mashg‘ulot. Bu ko‘nikmalar bo‘lajak shifokor uchun ham ahamiyatli. Tibbiyotda har bir holatni chuqur o‘rganish, dalillarga asoslanish, turli omillarni solishtirish va shoshilinch xulosalardan tiyilish talab etiladi. https://telegra.ph/IMKONIYAT-KUTILMAYDI-UNI-YARATISHADI-10-19 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | […]

tg_photo-809
“Ona tilim — milliy o‘zlik va ma’rifat poydevori” mavzusida ma’rifiy-adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ma’rifat ulashib” loyihalari doirasida “Ona tilim — milliy o‘zlik va ma’rifat poydevori” mavzusida ma’rifiy-adabiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomurodov Turdiqul Akramovich, taniqli o‘zbek shoiri, publitsist va adib, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan […]

elon-700x380
Eʼlon

Eʼlon Hurmatli professor oʻqituvchilar va talabalar!!! ❇️27.12.26-y. soat 08:00 da “III, IV,V,VII, IX-X, XII”- bosh miya nervlari. Tekshirish usullarini o’rganish, bemorlarni kuratsiya qilish” mavzusidagi ochiq darsga taklif etamiz. Nevrologiya va xalq tabobati kafedrasi professori Xidoyatova D.N., Manzil: OOO Neyromed servis.

tg_photo-808
Nilufar bugun tibbiyot oliygohida tahsil olmoqda.

Nilufar bugun tibbiyot oliygohida tahsil olmoqda. Uning qiziqishlari orasida xorijiy tillarni o‘rganish, ilmiy va badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish alohida o‘rin tutadi. Bir qarashda bular odatiy talabalik mashg‘ulotlaridek tuyulishi mumkin. Ammo ilm-fan bilan jiddiy shug‘ullanishni maqsad qilgan yosh uchun har birining o‘z ahamiyati bor. Xorijiy tillarni bilish dunyo ilm-fanidagi yangiliklarni kuzatish, xalqaro ilmiy manbalarni o‘rganish va […]

tg_photo-801
Toshkent davlat tibbiyot unversiteti(keyingi o‘rinlarda Unversitet) rektori Sh.A.Boymuradov tomonidan talabalarning talabalar turar joylari(keyingi o‘rinlarda TTJ)da yashovchi talabalarning bosh

vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sharoitini o‘rganish bo‘yicha alohida reja-jadval asosida ishlar tashkil etilib, 2026-yil oktabr oyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar turar joyidagi sharoitlarni yaxshilash, talabalar bilan ochiq muloqot qilish maqsadida 5-7-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rektori Sh.A.Boymuradov 5-sonli talabalar turar joyida talabalarning dam olish va o‘quv xonalarini ko‘zdan […]

tg_photo-800
Lola uchun universitet faqat ma’ruza tinglanadigan auditoriya bo‘lib qolmadi. U o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, yangi bilimlarni egallash va tengdoshlari bilan birgalikda izlanish imkoniyatlarini

Lola uchun universitet faqat ma’ruza tinglanadigan auditoriya bo‘lib qolmadi. U o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, yangi bilimlarni egallash va tengdoshlari bilan birgalikda izlanish imkoniyatlarini topdi. O‘ttizdan ortiq ilmiy izlanish — bir maqsad sari qadamlar Talabalik davrida ilmiy maqola yozishning o‘zi katta mas’uliyat. Mavzuni tanlash, adabiyotlarni o‘rganish, dalillarni tahlil qilish va xulosalarni asoslash izchil mehnatni talab qiladi. […]

tg_photo-794
“KELAJAK SOATI”: ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotining 7-mavzusi – “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” mavzusida tashkil etildi. Mashg‘ulotda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, (DSc) dotsent A.Xudayberdiyev mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ta’lim va ilm-fan rivojidagi beqiyos ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, […]

tg_photo-789
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida talaba-yoshlarning milliy o‘zligini anglash, ona tiliga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’rifat darsi tashkil etildi.                          Tadbir mehmoni:A.A. Mavrulov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, professor. Dastlab, ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir dolzarb ma’lumotlar talaba-yoshlarga yetkazilib, mamlakatimizda amalga […]

tg_photo-781
Oilada kitobga hurmat, ilmga qiziqish, savol berish va fikr almashish odati shakllansa, bu bolaning dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Oilada kitobga hurmat, ilmga qiziqish, savol berish va fikr almashish odati shakllansa, bu bolaning dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim olgan ayol farzandining rivojlanishi, salomatligi, ruhiy kechinmalari va qiziqishlariga ongli yondashish uchun ko‘proq bilim va imkoniyatga ega bo‘ladi. Biroq sog‘lom va bilimga intiluvchan oilaviy muhit yaratish faqat onaning emas, ota va boshqa oila a’zolarining ham umumiy […]