tg_photo-154
Shavkat Mirziyoyev: «Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon»

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. – 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a […]

tg_photo-153
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazida klinik ordinatura (rezidentura) uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazida klinik ordinatura (rezidentura) uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.   Hujjatlarni topshirish, test va uning natijalarini e’lon qilishgacha bo‘lgan barcha jarayon raqamlashtirligani sinov adolatli va shaffof o‘tishi, muhimi, soha uchun yetuk va malakali kadrlarni tanlab olish uchun keng imkoniyat yaratyapti. Joriy yilda klinik ordinaturaga talabgorlarning 10 ming 200 dan ziyod […]

tg_photo-147
Yangi imkoniyat — yangi bosqich!

Yangi imkoniyat — yangi bosqich! Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash ishi fakulteti 2-bosqich talabasi Panjiyev Bexruz Xusniddinovich Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan amaliyot dasturiga qabul qilindi! Bexruz shu kungacha yoshlar va ijtimoiy yo‘nalishdagi ko‘plab loyihalarda faol ishtirok etib, volontyorlik va jamoatchilik faoliyatida tajriba orttirib kelmoqda. Humo Fest — volontyor Zamin Ultra — volontyor […]

tg_photo-145
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Janubiy Koreyaning Seul milliy universiteti Bundang gospitali delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Janubiy Koreyaning Seul milliy universiteti Bundang gospitali — SNUBH delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — qo‘shma stajirovkalarni tashkil etish, biotibbiyot muhandislarini tayyorlash hamda Koreyaning zamonaviy tibbiy uskunalariga mos ravishda o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdan iborat. Delegatsiya tarkibida SNUBH tashqi aloqalar departamenti direktori Yun Xvan Jo, professorlar Sergey […]

tg_photo-144
26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

#Magistratura2026#Tahrirlash26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi. Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni […]

tg_photo-143
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi

#2026_2027OʻquvYili2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi. “Dolzarb qirq kunlik” Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib […]

tg_photo-142
Toshkent davlat tibbiyot universitetida abituriyentlardan hujjatlar qabuli boshlandi

Bugundan, 24-avgustdan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universitetida kirish imtihonlarida yuqori natija qayd etib, o‘qishga muvaffaqiyatli tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari boshlandi. Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar belgilangan tartibda hujjatlarini topshirishlari mumkin. Hujjatlar qabul qilinadigan manzil: Toshkent davlat tibbiyot universitetining 10-o‘quv binosi(sobiq Olmazor tibbiyot kolleji binosi)Qabul vaqti: Dushanba – Shanba: 08:00–17:00 […]

tg_photo-141
E’lon! Koreya an’anaviy tibbiyoti bo’yicha elektiv kurs

Toshkent davlat tibbiyot universitetidaKoreyaning Daegu Haany University bilan hamkorlikda 2026-yil kuzgi semestrida Koreya an’anaviy tibbiyoti (Korean Traditional Medicine) bo‘yicha maxsus elektiv kurs tashkil etilmoqda.   Kurs doirasida Koreyalik professorlar tomonidan: – Koreya an’anaviy tibbiyoti asoslari; – Akupunktura va akupunktura nuqtalari; – Meridianlar va ularning xususiyatlari; – Akupunktura nuqtalarini aniqlash usullari; – Herbal medicine – o‘simlik […]