“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi musobaqasining guruh bosqichi bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat tibbiyot universitetida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi musobaqasining guruh bosqichi bo‘lib o‘tdi

F. M.TB.BTM va OMH fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tgan bellashuvlar yuqori sport kayfiyatida, do‘stona muhitda va qizg‘in raqobat ruhida o‘tkazildi. Talabalar o‘zining chaqqonligi, e’tibor va sabr-toqati, shuningdek, sportga bo‘lgan mehrini namoyon etib, har bir ochko uchun kurash olib bordilar. Guruh bosqichi g‘olibilari : 1-o‘rin — Saydullayev Ozodbek Sherzod o‘g‘li, 1-kurs (Farmatsiya yo’nalishi) 2-o‘rin — Zaynitddinov Fuzayilxon […]

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Davolash-1 fakultetida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi

Tadbirning ochilish marosimida yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.N. Kirgizbaev hamda Davolash ishi yo‘nalishi dekani I.O. Atajonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar. Ular yoshlarni sport orqali sog‘lom va faol hayot tarziga intilishga chorladilar. Olimpiada doirasida quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi: Futbol — 24 ta jamoa, Voleybol (qizlar jamoasi) — 12 ta, Voleybol (o‘g‘il bolalar […]

fakultetlar o'rtasida sport musobaqasi
Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu sport bellashuvlari haqiqiy sport bayramiga aylandi

Talabalar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli sezildi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashdi: “Qaldirg‘och”, “Molniya”, “Velora”, “Shifokorlar”, “Birinchilar”, “Efariya”, “Dentc girls”. Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra: 1-o‘rin — “Efariya” jamoasi 2-o‘rin — “Velora” jamoasi 3-o‘rin — “Molniya” jamoasi O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa 10 dan ortiq jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Natijalar […]

BESH TASHABBUS OLIMPIADASI
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” doirasidagi VOLEYBOL (O‘G‘IL BOLALAR) MUSOBAQASINING SARALASH BOSQICHI yakunlandi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida bugun haqiqiy sport ruhi, jamoaviy hamjihatlik va g‘alaba ishtiyoqi hukm surdi! Voleybol (o‘g‘il bolalar) musobaqasining saralash bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Maydonda talabalarning chaqqonligi, kuchi va aniqligi sinovdan o‘tdi. Тomoshabinlar esa ularning g‘ayrati va fidoyiligini olqishladi. Maydonga tushgan jamoalar: 1-son Davolash fakulteti – Davolash fakultetiga qarshi; 2-son Davolash fakulteti – SAMPI […]

“Besh tashabbus olimpiadasi”
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va Oliy ma’lumotli hamshira fakultetlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasining guruh bosqichi yuqori sport kayfiyatida, qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tdi.

Talaba qizlar musobaqada o‘z mahoratlari, chaqqonligi va irodasini namoyon etib, g‘alaba uchun munosib kurash olib bordilar. Guruh bosqichi g‘olib va sovrindorlari: 1-o‘rin — Kenjayeva Barno Azim qizi (OMH 302-guruh) 2-o‘rin — Baxriyeva Hilola (OMH 302-guruh) 3-o‘rin — Ibraximova Ma’zguna (Farmatsiya fakulteti, 1-kurs) Barcha ishtirokchilarni faol ishtiroki va sportga bo‘lgan qiziqishi uchun tabriklaymiz! Bunday musobaqalar yoshlar […]

sport musobaqalari boshlandi.
Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetlari talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol toptirish maqsadida sport musobaqalari boshlandi.

Bellashuvlar yengil atletika, tennis, futbol, voleybol va stritbol yo‘nalishlarida yuqori shijoat va jonkuyarlik bilan o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun qat’iyat, jamoaviy birdamlik va irodani namoyon etdi. Fakultet dekani Hamrayev Abror Asrorovich ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, sport insonda intizom, sabr-toqat va g‘oliblik ruhini shakllantiradi, deya ta’kidladi. Shuningdek, fakultetning iqtidorli talabalari ijro etgan ashula va raqslar musobaqaga […]

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetlari o‘rtasida tashkil etilgan futbol bellashuvi yuqori shijoat, jamoaviy ruh va sportona raqobat muhitida o‘tdi. Jamoalar o‘z mahorati, tezkorligi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etishdi. Har bir o‘yinda kurash va g‘alabaga intilish yaqqol sezilib, musobaqa tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Musobaqa natijalari: 1-o‘rin — “Dents” jamoasi 2-o‘rin — “Velora” jamoasi 3-o‘rin […]

Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tennis musobaqalari bo‘lib o‘tdi!
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tennis musobaqalari bo‘lib o‘tdi!

Musobaqaning maqsadi — talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga, jismoniy faollikka hamda sport orqali do‘stlik va jamoaviylik ruhiga chorlashdan iborat bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuv natijalari: 1-o‘rin — Akromova M. (2-kurs) 2-o‘rin — Rajabova L. (2-kurs) 3-o‘rin — Saipova Valeriya (1-kurs) O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuv natijalari: 1-o‘rin — Ashurov G. (2-kurs) 2-o‘rin — […]

“5 tashabbus” doirasida sport haftaligi start oldi!
“5 tashabbus” doirasida sport haftaligi start oldi!

2025-yil 6-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport tadbirlariga rasman start berildi! Tadbirni fakultet dekani Salomova Feruza Ibodullayevna ochib berib, yoshlarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va jismoniy faollikni oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Tadbir davomida sportning voleybol,futbool, stol tennis musobaqalari o‘tkazilib, o‘yinlar katta hayajon […]

yengil atletika – estafeta yugurish musobaqasi
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Farmatsiya, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va Oliy ma’lumotli hamshira fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilgan yengil atletika – estafeta yugurish musobaqasi katta shijoat va sport ruhida o‘tdi.

Natijalar: 1-o‘rin – “Menejment” yo‘nalishi (Abdullaev A., Davronov Sh., Buysunboyeva F., Nuritdinova O.) 2-o‘rin – “Farmatsiya” guruhi (Raupov O., Sobirova S., Gupporova S., Abdurahmonov Z.) 3-o‘rin – “Fundamental tibbiyot” guruhi (Okulova G., Umidov B., Madaminova D., Toshpulotov A.) Musobaqa kuch, tezlik va jamoaviylik sinoviga aylandi. G‘oliblarni tabriklaymiz! Barcha talabalarimizga kelgusi bosqichlarda omad tilaymiz! Mas’ullar: E. […]