photo_2026-01-23_10-47-41
Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Walid Fouque tashrif buyurdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Walid Fouque tashrif buyurdi. Oliy ta’lim muassasasining bosh binosida mehmonni universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov samimiy kutib oldi. Tashrif davomida elchiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining faoliyati, ta’lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda zamonaviy klinik bazalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda. […]

photo_2026-01-14_14-05-32
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi Mazkur tadbirda universitetda faoliyat olib borayotgan zaxiradagi harbiy xizmatchilar Vatanga sadoqatli xizmatlari, fidoyiligi hamda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi munosib hissalari uchun e’tirof etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularning […]

14-yanvar parad
Mardlar qo’riqlaydi vatanni

14-yanvar Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan «Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni» shiori ostida 13-yanvar kuni bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universitetining «Qalqon» jamoatchilik guruh a’zolari ham qatnashib harbiy paradda ishtirok etishdi. Tadbirda turli sahna chiqishlari, harbiy orkestr ishtirokida Vatan haqida kuy qo’shiqlar ijro […]

ona va bola xonasi
Toshkent davlat tibbiyot universitetida ona va bola xonasi tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida xotin-qizlar va yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim jarayonida, xususan, imtihon jarayonlarida qulay sharoitlarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida ona va bola xonasi tashkil etildi. Mazkur xona farzandli talabalarga imtihon topshirish jarayonida qulaylik yaratish, farzandlarini go’dak suti bilan ovqatlantirish uchun zarur sharoitlar bilan jihozlandi. Universitet rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus xotin-qizlar huquqlarini […]

14-yanvar
Toshkent davlat tibbiyot universitetida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2-stomatologiya fakulteti tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi Tadbirni fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o’rinbosari Alimova K.D. ochib berib, Vatan himoyachilarining jasorati, fidoyiligi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Ushbur tadbirda mehmon sifatida Nizomiy nomidagi […]

photo_2026-01-07_18-01-51
Oliy tibbiy ta’limda raqamlashtirish va sun’iy intellekt: yutuqlar va istiqbollar

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar” mavzusidagi o‘quv-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Yangi O‘zbekiston universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Bahodir […]

seminar
2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyat yuksalishi yili” doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida seminar tashkil etildi

Mazkur seminar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Akademik litseyi faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, boshqarma va bo‘lim xodimlari, barcha fakultet dekan o‘rinbosarlari, kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, tyutorlar va tarbiyachi pedagoglar, psixologlar hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar. Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad — Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga taqdim etilgan Murojaatnomasida belgilangan […]

vazir-Sharipov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning talabalar va yoshlarga muhim videomurojaati

Sog‘lom tanlov — yorqin kelajak garovi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning talabalar va yoshlarga muhim videomurojaati. Bugungi shiddatli zamonda har bir qadamimiz, ayniqsa, sog‘lig‘imiz yo‘lida qilayotgan tanlovimiz ertangi kunimizni belgilaydi. Giyohvandlik nafaqat inson salomatligini, balki uning orzu-umidlarini va butun bir jamiyat kelajagini barbod qiluvchi tahdiddir. Aziz yoshlar, har biringiz davlatimizning ertangi kuchi […]

asosiy
Sport – sog‘lom hayot garovi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida qishki ta’til kunlarini talabalar uchun mazmunli va samarali tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Xalqaro fakultet talabalari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur musobaqalar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, jamoaviylik, intizom va o‘zaro hurmat kabi muhim fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat […]