asosiy
YANGI YIL – MEHR, SAXOVAT VA EZGULIK RAMZI

Yangi yil munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining faol va tashabbuskor talaba-yoshlari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli Mehribonlik uyidagi bolajonlar uchun “Mehr uchun” xayriya aksiyasi uyushtirildi. Ushbu aksiya doirasida talabalar tomonidan bolalarga bayram sovg‘alari ulashilib, ularning qalbiga quvonch, ishonch va samimiy bayram kayfiyati ulashildi. Mazkur ezgu tashabbus talaba-yoshlarimizning mehr-muruvvat, insonparvarlik va saxovat kabi yuksak fazilatlariga […]

asosiy
Toshkent davlat tibbiyot universitetida qishki ta’til davrida sport musobaqasi o’tkazildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida qishki ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida Xalqaro fakultet talabalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, jamoaviylik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Bellashuvlar […]

yangi yil tabrigi
Yangi 2026 yil tabrigi

Assalomu alaykum hurmatli professor-o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va aziz talabalar! Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2026 – yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yana bir yil yakunlanar ekan, ortda qolayotgan davr universitetimiz hayotida muhim yutuqlar, samarali ilmiy izlanishlar va ta’lim sifatini yuksaltirish yo‘lidagi izchil islohotlar bilan yodda qoldi. Bu muvaffaqiyatlar, avvalo, Sizlarning fidokorona mehnatingiz va sa’y-harakatlaringiz samarasi ekanini […]

yutuq
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi – Innovatsion g’oyalar yetakchisi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetining 3-bosqich talabasi Ahmedov Diyorbek Anvar o’g’lini «Innovatsion g’oya lar yetakchisi» ko’krak nishoni bilan taqdirladi. Ma’lumot o’rnida shuni aytishimiz kerakki, universitetimizning Yoshlar akademiyasi a’zosi(lideri) sifatida 2025-yilda ixtirochi yoshimiz tibbiyot sohasidagi birqancha innovatsion ixtirolari bilan o’zining shijoatini ko’rsatdi. […]

Munosabat
Munosabat

26-dekabr kuni hurmatli Prezidentimizning Oliy Majlis hamda xalqimizga Murojaatnomasini tinglab davlatimiz rahbarining jamiyatimizdagi barcha sohalarni rivojlantirish yo’lidagi islohotlari inson qadri va uning hayotdan rozi bo‘lishi uchun olib borilayotganiga yana bir bora amin bo‘dim. Murojaatnomada barcha sohalar xususan, beshinchi ustuvor yo‘nalishda keltirilgan Ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgani bejizga emas albatta. […]

Munosabat
Munosabat

Prezidentimizning 26-dekabr kunidagi Oliy Majlis hamda Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasini tinglab mamlakatimiz rahbarining jamiyatimizdagi barcha sohalarni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy harakatlari sobitqadamlik bilan olib borilayotganiga yana bir bor ishonchim komil boʻldi. Mamlakatimizda inson qadri hamma narsadan ustun ekanligi, barch mexanizmlar inson uchun xizmat qilishi kerakligi haqidagi gʻoyalarga ishonchim ortib bormoqda. Prezidentimizning Murojaatnomasida jamiyatni isloh qilish boʻyicha hamma […]

munosabat
«Ayollar va bolalarni himoya qilish siyosati»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizqa yo‘llagan Murojaatnomasida xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgani inson qadrini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini yaqqol namoyon etadi. Xotin-qizlarni hurmat qilish va ularning huquqlarini himoyalash milliy ma’naviyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ayolga bo‘lgan munosabat oila instituti hamda jamiyat barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon […]

Murojaatnoma seminar
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2025-yil 27-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining ustuvor yo‘nalishlari hamda mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi Prezident Murojaatnomasida belgilangan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini, xususan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, tibbiy ta’lim sifatini oshirish hamda “Inson qadri uchun” tamoyilini oliy […]

Yil talabasi 2025
“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari yuksak natijalarga erishib, universitet sha’nini munosib himoya qildilar

Gaibnazarov Sardorxon Sunnatillayevich —Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash ishi fakulteti, 5-bosqich talabasi “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida  1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Sardorxon Gaibnazarov o‘zining chuqur nazariy bilimlari, amaliy tayyorgarligi, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilishi hamda o‘quv jarayonidagi faolligi bilan hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ushbu yutuq uning tibbiyot sohasidagi puxta tayyorgarligi va kelajakda […]

xalqaro fakultet
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida TDTU Xalqaro fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada fakultetning turli guruhlaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etib, kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida talabalar jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdilar.Maydondagi raqobat, sportga bo‘lgan ishtiyoq va do‘stona […]