photo_2026-04-11_18-49-41
Yengil atletika sport turlari. Talabalar ligasi hududiy bosqichi Toshkent davlat tibbiyot universitetida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etib, sport ruhini namoyon etdilar. Mazkur musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda Toshkent davlat tibbiyot universitetidan biriktirilgan mas’ullar — Fayziyev Z.B, Xudoyberdiyev A.M, Xamrayev E.Sh hamda Razzokov A. katta mas’uliyat va fidoyilik bilan faoliyat olib bordilar. Musobaqa dasturi: Ayollar uchun 100,200,400,800,1500,3000 metrga, estafeta, 100m. toʻsiqlar osha […]

photo_2026-04-10_23-08-21
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “YANGI O‘ZBEKISTON TALABALAR OLIMPIADASI” DOIRASIDA STOL TENNISI YIGITLAR O’RTASIDA MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar sport mahorati, tezkorlik va kuchli iroda namoyish etib, tomoshabinlarga qizg‘in va murosasiz o‘yinlar taqdim etdilar. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi: 1-o‘rin –Xalqaro fakultet talabasi Tomas Ritesh Allen 2-o‘rin – 2-Pediatriya fakulteti […]

photo_2026-04-10_23-26-02
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “YANGI O‘ZBEKISTON TALABALAR OLIMPIADASI” DOIRASIDA QIZLAR O‘RTASIDA STOL TENNISI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI! 

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchi qizlar sport mahorati, chaqqonlik va kuchli iroda namoyish etib, tomoshabinlarga qizg‘in va murosasiz o‘yinlar taqdim etdilar. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi: 1-o‘rin – F.M.TB.BTM va OHI fakulteti talabasi Musayeva K.Sh. […]

photo_2026-04-10_14-17-33
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport va sog’lom turmush tarzi sari qadam tashladi

Bugun, 2026-yil 10-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida «Jismoniy tarbiya va sport kuni» doirasida sog‘lom hayot uchun 5000 qadam yurish, badantarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlarda universitetning 1 – Pediatriya fakulteti dekani Abdulaziz Nosirov, 2-Pediatriya fakulteti dekani Dilfuza Ashurova, Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti dekani Abdusamat Valiyev, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirning eng […]

photo_2026-04-09_23-46-53
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA QIZLAR O‘RTASIDA «YANGI O‘ZBEKISTON TALABALAR OLIMPIYADASI» VOLEYBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI .

Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi doirasida universitet fakultetlari o‘rtasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur musobaqada 12 ta fakultetdan jami 20 ta jamoa ishtirok etib, g‘alaba uchun keskin va qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi Musobaqa doirasida 1- 2- va 3-tur saralash o‘yinlari o‘tkazilib, jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun o‘zaro kuch sinashdilar. Saralash uchrashuvlari davomida […]

photo_2026-04-12_13-59-39
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “YANGI O‘ZBEKISTON TALABALAR OLIMPIADASI” DOIRASIDA O‘G‘IL BOLALAR O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada universitetning 12 ta fakultetidan jami 22 ta jamoa ishtirok etib, maydonda keskin va murosasiz bahslar olib borildi. Har bir uchrashuv sport ruhiga boy, kuchli raqobat va jamoaviy hamjihatlik asosida o‘tdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkor […]

photo_2026-04-07_12-42-40 (2)
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari yakuniga yetdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Talabalar ligasi” g‘oliblari taqdirlandi. Xabaringiz bor, 2025 yil noyabr oyida Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berilgan edi. Bugun ushbu musobaqalarning yakuniy bosqichi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Mazkur sport musobaqalari davomida talabalar mini futbol, voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi, yengil atletika, kurash, badminton va shaxmat […]

photo_2026-04-07_10-22-17
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” boshlandi

Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ga rasman start berildi. Mazkur olimpiada talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jismoniy faollikni keng ommalashtirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Omma­viy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Olimov, Toshkent davlat tibbiyot universiteti […]

photo_2026-04-04_18-41-03
MedDominus klubi beshta muhim tashabbus loyihasi doirasida sport to‘garagining ilk ochilishiga start berdi!

  Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari o‘rtasida tashkil etilgan badminton musobaqasi ushbu yo‘nalishning ilk qadami bo‘ldi. Maydonda faqatgina o‘yin emas raqobat, jamoaviylik va haqiqiy energiya hukm surdi! O‘yin natijalariga ko‘ra: 1-o‘rin Yusupov Ruslan 2-o‘rin Alimov Farrux 3-o‘rin Abdishukurov Samandar Har bir zarba yangi motivatsiya, Har bir ochko yangi ishonch, Har bir ishtirokchi sog‘lom hayot […]

photo_2026-04-02_17-00-45
Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida sportning mini futbol turi bo’yicha “Talabalar ligasi” final bosqichi bo’lib o’tdi

Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida sportning mini futbol turi bo’yicha “Talabalar ligasi” final bosqichi bo’lib o’tdi. Dentfliks 1 – 3 Sampi-1  hisobiga ko’ra Sampi-1 g’alaba qozondi. Shuningdek, musobaqada qatnashgan barcha jamoalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizlarning har biringiz — sportga va bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajak bunyodkorlarisiz!