photo_2026-02-27_20-42-51
Talabalar ligasi doirasida futbol musobaqalari qizg‘in davom etmoqda!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida tashkil etilgan futbol musobaqalari 1-tur o’yinlari o’z nihoyasiga yetti. Navbatdagi tur uchrashuvlarida jamoalar o‘zaro maydonga tushib, quyidagi natijalar qayd etildi: Medicion jamoasi Indian boys ustidan ishonchli hisobda 3:0 g‘alabani qo‘lga kiritdi. Liverpool va Turon jamoalari o‘rtasidagi bellashuv esa haqiqiy dramatik ruhda kechdi. Keskin va murosasiz bahs yakunida Liverpool […]

photo_2026-02-28_10-14-40
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqalari yuqori saviyada va kuchli raqobat ostida davom etmoqda.

Mazkur uchrashuvlar tezkorlik, aniqlik va jamoaviy hamjihatlikka boy bo‘lib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi. Qizg‘in pallalar, kuchli hujumlar va ishonchli himoya o‘yinga yanada katta shiddat bag‘ishladi. Navbatdagi bahslarda 1-son Davolash fakultetining “Nefrit”, 2-son Davolash fakultetining “Diamond”, Xalqaro fakultetning “International”, shuningdek Pediatriya fakultetining “Twix” va “Parvoz II” jamoalari o‘zaro bellashdi. Uchrashuvlar natijalari: […]

photo_2026-02-26_13-08-29
Toshkent davlat tibbiyot universitetida stol tennisi musobaqalariga start berildi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida stol tennisi sport musobaqalari yuqori sur’atlarda boshlandi. Talabalar ligasi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu bellashuvlar universitet sport hayotiga katta   shov-shuv olib keldi. Musobaqaning saralash bosqichiga: 800 nafar o‘g‘il bolalar 300 nafar qiz bolalar Universitet bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Bu esa musobaqaga bo‘lgan qiziqish nihoyatda yuqori ekanidan dalolat beradi. Saralash bosqichining birinchi […]

photo_2026-02-26_13-02-08
Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida O‘g‘il Bolalar O’rtasida Shaxmat Musobaqalari Boshlandi!

Talabalar ligasi doirasida tashkil etilgan ushbu bellashuvlar universitet sport hayotiga katta hayajon olib keldi va o‘quvchilar o‘rtasida shaxmatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Musobaqaning saralash bosqichida o‘quvchilar o‘z strategiyasi, fikrlash tezligi va aql-zakovati bilan haqiqiy raqobatni namoyon etdilar. Har bir g‘alaba uchun kurash olib borilib, shaxmat sportining barcha go‘zalligini va intellektual jihatlarini ko‘rsatishdi. Oldinda yanada qiziqarli […]

photo_2026-02-26_11-12-15
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida tashkil etilgan futbol musobaqalari tobora qizg‘in pallaga kirmoqda. Universitet jamoalari o‘rtasidagi bahslar yuqori sport ruhi, keskin raqobat va muxlislar e’tibori ostida o‘tmoqda.

Navbatdagi tur uchrashuvlarida jamoalar o‘zaro maydonga tushib, quyidagi natijalar qayd etildi: Predator jamoasi Lochin ustidan ishonchli hisobda 3 : 0 g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuv davomida Predator futbolchilari tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga olib, o‘yin taqdirini hal qildi. Lapasion va Med United jamoalari o‘rtasidagi bellashuv esa haqiqiy dramatik ruhda kechdi. Keskin va murosasiz bahs yakunida Lapasion 3 […]

photo_2026-02-23_21-46-44
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi navbatdagi muhim uchrashuvni o‘tkazdi.

Ushbu o‘yinda jamoamiz Vepster universiteti qizlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi va bellashuvni 1:3 hisobida raqib foydasiga yo‘qotdi. O‘yinda Toshdavtu voleybolchilari har bir partiyada kuchli raqobat ko‘rsatib, maydondagi uyg‘unlik va tezkorlik bilan ajralib turdilar. Raqib jamoa esa o‘z tajribasi va taktikasini to‘liq namoyish etib, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi. Hujum chizig‘ida faol harakat qilgan Ibragimova Madina o‘yindagi […]

photo_2026-02-23_18-07-39
Oliy ta’lim muassasalari yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi O‘zbek voleybol akademiyasi jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi o‘yinni to‘liq nazorat ostiga olib, ishonchli va yuqori saviyada harakat qildi. Uchrashuv yakunida jamoamiz O‘zbek voleybol akademiyasi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim zafarni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Gedala Siravan o‘yinda ko‘rsatgan yuksak mahorati, aniq va samarali harakatlari hamda maydondagi faolligi bilan ajralib turdi. […]

photo_2026-02-19_22-12-52
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida Talabalar ligasi doirasida yigitlar o‘rtasidagi basketbol musobaqalari yuqori temp, keskin to‘qnashuvlar va tomoshabop lahzalar bilan o‘tdi. Har bir uchrashuvda kuchli raqobat, tezkor hujumlar va qat’iyatli himoya ustuvor bo‘ldi.

Ishtirok etgan jamoalar: 2-pediatriya fakulteti — 2- PED Tibbiy profilaktika fakulteti — CAM.FAK Stomatologiya fakulteti — STOM-1 Xalqaro fakultet — XF-1 1-pediatriya fakulteti — 1 PED Xalqaro fakultet — XF-2 O‘yinlar jarayoni Musobaqa davomida jamoalar bir-biriga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Hal qiluvchi zarbalar, tezkor qarshi hujum jamoalarning asl ustunligini ko‘rsatdi. Musobaqa yakunlari: 1-o‘rin — Xalqaro fakultet-2 […]

photo_2026-02-19_20-56-37 (2)
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida o‘tayotgan Talabalar ligasi voleybol bahslari tobora qizib bormoqda. Maydondagi har bir daqiqa — keskin kurash, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy ishonch bilan sug‘orilgan.

Navbatdagi uchrashuvlar 1-son Davolash fakultetining Liders jamoasi o‘zining puxta tayyorgarligi va uyg‘un o‘yini bilan muxlislarni xursand qildi. Jamoa o‘tkazilgan o‘yinda raqibdan ustun kelib, 2:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Qiziqarli qarama-qarshiliklar Xalqaro fakultetning Thrivers jamoasi Lidersga qarshi bahslarda mag‘lubiyatni tan oldi. Shu bilan birga, Xalqaro fakultetning International jamoasi UnQ ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, turnir […]

photo_2026-02-19_19-46-30
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida Talabalar ligasi doirasidagi qizlar voleybol uchrashuvlari yuqori temp va keskin kurashlar bilan o‘tdi. Har bir setda tezkor hujumlar, mustahkam himoya va g‘alaba uchun oxirigacha kurash namoyon bo‘ldi.

Bellashuvlar sharhi va natijalar: Stomatologiya fakulteti – Stom qizlari jamoasi Tomoshabop va keskin o‘yinda Xalqaro fakultetning International jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. F.M.TB.BTM va OXI fakulteti – Menejment jamoasi O‘yinni to‘liq nazorat qilib, Tibbiy profilaktika fakulteti – Sparta jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 1-son Davolash fakulteti – Nefrit jamoasi Ishonchli o‘yin orqali 2-son Davolash […]