photo_2026-03-14_12-49-12
Toshkent davlat tibbiyot universitetida – Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida yengil atletika yugurish musobaqalari ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi!

ToshDavTU sport majmuasi qizlar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlarida 300 nafardan ortiq talaba-qizlar faol qatnashdilar. Musobaqada talaba-qizlar chaqqonlik, chidamlilik va qat’iyatni   namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas sport lahzalarini taqdim etishdi. Start chizig‘idan boshlangan keskin bahs har bir soniyada kuchayib bordi. Qizlar marraga yetib kelguniga qadar bor imkoniyatini ishga solib, g‘alaba sari dadil intilishdi. Har bir yugurish […]

photo_2026-03-14_13-00-40
Toshkent davlat tibbiyot universitetida – Talabalar ligasi doirasida o’g’il bolalar o‘rtasida yengil atletika yugurish musobaqalari ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida – Talabalar ligasi doirasida o’g’il bolalar o‘rtasida yengil atletika yugurish musobaqalari ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi! ToshDavTU sport majmuasi o’g’il bolalar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlarida 350 nafardan ortiq talaba-bollar faol qatnashdilar. Musobaqada chaqqonlik, chidamlilik va qat’iyatni   namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas sport lahzalarini taqdim etishdi. Start chizig‘idan boshlangan keskin bahs har […]

IMG_20260310_092550_213
Talabalar ligasi. Qizlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

Joriy yilning 6 mart kuni Toshkent Davlat Tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Unda universitet talaba-qizlari faol ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va diqqatini namoyon etdilar. Musobaqa davomida har bir ishtirokchi g‘alaba uchun intilib, qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Shaxmat orqali talabalar nafaqat o‘z bilim […]

photo_2026-03-06_10-08-56
Talabalar ligasi — maydonda haqiqiy jangovar ruh!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi voleybol uchrashuvlari tobora shiddatli tus olmoqda. Har bir o‘yin – bu nafaqat kuch va mahorat sinovi, balki jamoaviylik, strategiya va irodani namoyon etuvchi haqiqiy sport bayramidir. Navbatdagi bahs tafsiloti: Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti jamoasi maydonda faol va ishonchli harakat qilib, Pediatriya fakulteti jamoasini 2:0 […]

photo_2026-03-05_15-41-18
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o’rtasida navbatdagi tur o’yinlari bo’lib o’tdi!

O‘yin natijalari: Pediatriya fakulteti “Twix” jamoasi kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, Xalqaro fakultetning “International” jamoasi hamda Stomatologiya fakultetining “Stom go‘zallari” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2-son Davolash fakultetining “Diamonds” jamoasi ham maydonda ustunlikni qo‘lga olib, “Stom go‘zallari” va “Twix” jamoalarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘zining kuchli jamoalardan biri ekanini yana bir bor namoyish […]

photo_2026-03-04_10-40-57
Toshkent davlat tibbiyot universiteti voleybol terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, Alfraganus universiteti terma jamoasiga qarshi kuch sinashdi.

Uchrashuv boshidan oxirigacha jamoamiz tashabbusni qo‘ldan bermadi. Aniq uzatmalar, kuchli zarbalar va mukammal himoya evaziga o‘yin to‘liq nazorat qilindi. Yakuniy hisob — 3:0! Eng e’tiborlisi, 3 partiyalik o‘yinning har bir setida jamoamiz 25 ochkoni qo‘lga kiritib, mutlaq ustunlikni namoyish etdi. Bu nafaqat g‘alaba, balki jamoaning yuqori saviyasi va puxta tayyorgarligining yaqqol isbotidir. Ushbu ishonchli natija […]

photo_2026-03-03_09-57-03 (2)
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Talabalar ligasi bahslari yana bir bor sport ruhi va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdi. Qizlar o‘rtasidagi navbatdagi tur uchrashuvlari keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. O‘yin natijalari: “Menejment” jamoasi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, “Parovoz 2” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Nefrit” jamoasi maydonda ustunlikni qo‘lga olib, “Parvoz 1” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. “Daymont” jamoasi ham […]

photo_2026-03-01_17-30-12
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi navbatdagi muhim uchrashuvni o‘tkazdi.

Ushbu o‘yinda jamoamiz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qizlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi va bellashuvni 3:2 hisobida o‘z foydamizga yakunladi. O‘yinda ToshDavtu voleybolchilari har bir partiyada kuchli raqobat ko‘rsatib, maydondagi uyg‘unlik va tezkorlik bilan ajralib turdilar. Raqib jamoa esa o‘z tajribasi va taktikasini namoyish etishga harakat qildi, biroq jamoamizning jonkuyarligi g‘alabaga olib keldi. Hujum chizig‘ida faol […]

photo_2026-03-01_17-52-58
Oliy ta’lim muassasalari yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi Profi universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi o‘yinni to‘liq nazorat ostiga olib, ishonchli va yuqori saviyada harakat qildi. Uchrashuv yakunida jamoamiz Profi universiteti ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim zafarni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi A’zamov Asror o‘yinda ko‘rsatgan yuksak mahorati, aniq va samarali harakatlari hamda maydondagi faolligi bilan ajralib turdi. Uning […]

photo_2026-03-04_10-33-10
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi voleybol uchrashuvlari tobora shiddatli tus olmoqda. Har bir o‘yin – bu nafaqat kuch va mahorat sinovi, balki jamoaviylik, strategiya va irodani namoyon etuvchi haqiqiy sport bayramidir.

Navbatdagi bahslar tafsiloti: Xalqaro fakultetning International jamoasi maydonda faol va ishonchli harakat qilib, Thrivers jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv davomida aniq zarbalar, puxta himoya va jamoaviy uyg‘unlik g‘alabaning asosiy omiliga aylandi. Umumiy taassurot Talabalar ligasi yoshlarda sportga bo‘lgan mehrni yanada oshirib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirmoqda. Har bir bahs tribunadagi muxlislar uchun unutilmas lahzalarni taqdim […]