so'z zargarlari
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “So‘z zargarlari – Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur yodi ila yashaymiz mudom!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetining  3-son Davolash, 1- va 2-sonli stomatologiya fakultetlari hamda “O‘zbek va xorijiy tillar, pedagogika” kafedrasi, Axborot-resurs markazi xodimlari hamkorligida “So‘z zargarlari – Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur yodi ila yashaymiz mudom!” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda “Alisher Navoiy” nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Orzigul […]

Berdaq
Adiblar xiyobonida Berdaq haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab Adiblar xiyobonida oliy ta’lim muassasalari tomonidan universitetga biriktirilgan Berdaq haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, O‘zbek va xorijiy tillar hamda Pedagogika kafedralari, universitet fakultetlari va faol talaba-yoshlar ishtirokida tashkil etildi. Unda san’at va madaniyat sohasiga qiziqadigan talabalar tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan ijodiy to‘garaklar doirasida […]

Navoiy gul qo'yish
Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori T.A. Bobomurodov, fakultetlararo kengash vakillari va faol talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Marosim davomida ishtirokchilar ulug‘ bobomizning adabiy merosiga hurmat bajo keltirib, haykali […]

Tib ko'rik
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan navbatdagi keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 28-IDUMda universitet professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassis shifokorlar ishtirokida keng qamrovli profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Mazkur tadbirda jami 45 nafar malakali shifokor, shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor T.A. Bobomuratov boshchiligida mas’ul bo‘lim xodimlari faol ishtirok etdi. Tibbiy ko’rik davomida 650 nafar o’quvchilar, 100 nafarga […]

zulfiya tadbir
Adiblar xiyobonida Zulfiyaxonim haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida oliy ta’lim muassasalari tomonidan universitetga biriktirilgan Zulfiyaxonim haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, O‘zbek va xorijiy tillar hamda Pedagogika kafedralari, shuningdek, universitet fakultetlarining faol talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbir davomida san’at va madaniyat yo‘nalishiga qiziqadigan […]

forum
10-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi!” mavzusidagi volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi!” mavzusidagi volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova volontyorlik faoliyatining jamiyat va yosh qizlar tarbiyasidagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar besh yo‘nalish bo‘yicha seksiyalarga ajratildi. Toshkent davlat tibbiyot […]

pt
Ma’naviyat va adabiyot bayrami – Toshkent davlat tibbiyot universitetida unutilmas tadbir!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir ochilishida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, t.f.d., professor Turdiqul Akramovich Bobomurodov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida yurtimizning taniqli ijodkor va olimlari […]

photo_2026-02-09_12-59-34
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi Chirchiq davlat universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida tashabbus asosan Chirchiq davlat universiteti jamoasi qo‘lida bo‘ldi va ilk uchrashuv jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Shunga qaramay, yigitlarimiz maydonda oxirigacha kurash olib bordi, tezkor harakatlar va jamoaviy uyg‘unlikni namoyon etdi. Shuningdek, jamoa a’zolari bog‘lovchi A’zamov Asror, diagonal Gedala Sravan hamda temp hujumchi Mirkomilov Ibrohim pozitsiyalarida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniq zarbalari […]

photo_2026-02-09_12-35-19
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi yana bir bor o‘zining kuchi va jipsligini namoyon etdi.

Uchrashuv davomida 3 ta partiyaning barchasida ustunlikni qo‘ldan bermagan Toshdavtu voleybolchi qizlari Central Asia universiteti jamoasi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydondagi tezkor harakatlar, aniq uzatmalar va jamoaviy uyg‘unlik o‘yinga yuqori sur’at bag‘ishladi. Shuningdek, jamoa a’zolari Businboyeva Farangiz, Ibragimova Madina va Norquziyeva Muqaddas hujumchi pozitsiyasida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniqlik bilan yo‘llangan    […]

Navoiy Bobur KS
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida tashkil etildi. Dars jarayonida talabalarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek xalqining ma’naviy va tarixiy tafakkuridagi beqiyos o‘rni, ularning adolat, mas’uliyat va komil inson g‘oyalarini o‘z asarlari hamda hayoti orqali targ‘ib etgani haqida batafsil ma’lumot […]