Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi qizg‘in davom etmoqda! Toshdavtu sport majmuasida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi doirasidagi voleybol bahslari tobora murosasiz va hayajonli tus olmoqda. Har bir uchrashuv sport ruhi, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bilan o‘tmoqda.
Navbatdagi bellashuvlarda 1-son Davolash fakulteti — “Liders” jamoasi maydonga tushib, umumiy 2 ta o‘yin o‘tkazdi. Jamoa ishonchli va uyg‘un o‘yin namoyish etib, har ikki uchrashuvda ham 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu bahslarda: Xalqaro fakultetning UNQ jamoasi Team Blockers jamoasi 1-son Davolash fakulteti — “Liders” jamoasiga qarshi o‘yinlarda mag‘lubiyatni tan oldi. Talabalar ligasi musobaqalari talabalar o‘rtasida […]









