photo_2026-03-05_15-41-18
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o’rtasida navbatdagi tur o’yinlari bo’lib o’tdi!

O‘yin natijalari: Pediatriya fakulteti “Twix” jamoasi kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, Xalqaro fakultetning “International” jamoasi hamda Stomatologiya fakultetining “Stom go‘zallari” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2-son Davolash fakultetining “Diamonds” jamoasi ham maydonda ustunlikni qo‘lga olib, “Stom go‘zallari” va “Twix” jamoalarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘zining kuchli jamoalardan biri ekanini yana bir bor namoyish […]

photo_2026-03-03_09-57-03 (2)
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Talabalar ligasi bahslari yana bir bor sport ruhi va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdi. Qizlar o‘rtasidagi navbatdagi tur uchrashuvlari keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. O‘yin natijalari: “Menejment” jamoasi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, “Parovoz 2” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Nefrit” jamoasi maydonda ustunlikni qo‘lga olib, “Parvoz 1” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. “Daymont” jamoasi ham […]

photo_2026-03-01_17-52-58
Oliy ta’lim muassasalari yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi Profi universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi o‘yinni to‘liq nazorat ostiga olib, ishonchli va yuqori saviyada harakat qildi. Uchrashuv yakunida jamoamiz Profi universiteti ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim zafarni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi A’zamov Asror o‘yinda ko‘rsatgan yuksak mahorati, aniq va samarali harakatlari hamda maydondagi faolligi bilan ajralib turdi. Uning […]