Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruza bilan ishtirok etdi
2026-yil 14–15-may kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida “I Turkologiya Kongresining 100 yilligi: Til muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjuman turkologiya, tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlanib, unda turli davlatlardan olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar. Konferensiya dasturi doirasida rasmiy ochilish marosimi, sho‘ba yig‘ilishlari, ilmiy ma’ruzalar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur xalqaro […]




