tg_photo-181
Talabalar turar joyida kiberxavfsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joyida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda Olmazor tumani IIO FMB mas’ul xodimlari — HPB KPB boshlig‘i, katta leytenant Anvar Azimovich Hakimov va mayor Rustam Tolibqulovich Xudoyqulov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida 100 nafardan ortiq talaba-yoshlar ga «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun […]

tg_photo-180
Toshkent kelajagi muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Toshkent shahrining bugungi holati va kelajagi, shaharsozlik hamda ekologik masalalarni muhokama qilish maqsadida qator yirik meʼmoriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashdi. Toshkent shiddat bilan kengayib borayotgani, shaharsozlik va ekologiya bilan bogʻliq bugungi vaziyat ni inobatga olgan […]

🟦🟦🟦 Toshkent shahrida O‘zbekiston–Xitoy an’anaviy tibbiyoti madaniyat haftaligi doirasida xalqaro konferensiya o’tkazilmoqda Ayni damda Toshkent shahridagi “Azimut” mehmonxonasida O‘zbekiston–Xitoy

Toshkent shahrida O‘zbekiston–Xitoy an’anaviy tibbiyoti madaniyat haftaligi doirasida xalqaro konferensiya o’tkazilmoqda Ayni damda Toshkent shahridagi “Azimut” mehmonxonasida O‘zbekiston–Xitoy an’anaviy tibbiyoti madaniyat haftaligi doirasida xalqaro…

tg_photo-177
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan 2-stomatologiya fakulteti talaba-qizlari ishtirokida talabalarga tarbiyaviy-ma’naviy yo‘nalishda davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida qizlarga quyidagi tavsiyalar berildi: Intizom va odob – har bir talabaning ziynati, yuksak maqsad sari yetaklovchi mezon ekanligi;Vaqtdan unumli foydalanish – ilm va bilimni egallashda eng katta boylik bo‘lishi;Ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish – ma’naviy barkamollik va shaxsiy obro‘ni saqlash garovi ekanligi;Bir-birini qo‘llab-quvvatlash – qizlar o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlik muhiti barqaror bo‘lishi;Sog‘lom turmush tarzi […]

tg_photo-174
Sog‘lom hayot tarzi — sog‘lom avlod garovi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2026-yil 15-sentabr kuni universitetning 7-sonli talabalar turar joyida talabalar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar turli jismoniy mashqlarni bajarib, kunni yuqori kayfiyat va faol ruhda boshladilar. Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yoshlarning jismoniy […]

tg_photo-173
OAK e’tirof etgan “Tibbiyot ta’limi va innovatsiyalari” ilmiy-elektron jurnalining sentabr oyidagi soni uchun ilmiy maqolalar qabuli boshlandi

“Tibbiyot ta’limi va innovatsiyalari” ilmiy-elektron jurnali professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda soha mutaxassislarining ilmiy maqolalarini 2026-yil sentabr oyi 9-son: OAK nashriga qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2026-yil 10-apreldagi 384/6-son qaroriga muvofiq, «Tibbiyot ta’limi va innovatsiyalari» jurnali tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga talabgorlarning […]

tg_photo-163
Toshkent shahrida O‘zbekiston–Xitoy an’anaviy tibbiyoti madaniyat haftaligi doirasida xalqaro konferensiya o’tkazilmoqda

Ayni damda Toshkent shahridagi “Azimut” mehmonxonasida O‘zbekiston–Xitoy an’anaviy tibbiyoti madaniyat haftaligi doirasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati, Shinjon tibbiyot universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi shuningdek, Xitoyning yetakchi tibbiyot muassasalari va ilmiy doiralari vakillari ishtirok etmoqda. Konferensiyada zamonaviy va an’anaviy tibbiyot integratsiyasi, an’anaviy xitoy tibbiyotining zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni, xalqaro ilmiy […]

tg_photo-155
Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Inson kapitali va u nima uchun muhim?” mavzusida tashkil etildi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Inson kapitali va u nima uchun muhim?” mavzusida tashkil etildi. Mashg‘ulotni Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, (DSc), YBIB dekan o‘rinbosari A. Xudayberdiyev olib bordi. Unda inson kapitalining mazmun-mohiyati, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, yoshlarning bilim, ko‘nikma, tajriba va salohiyatini rivojlantirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Mashg‘ulot […]

tg_photo-152
Toshkent davlat tibbiyot universiteti va jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasida hamkorlik rivojlantirilmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida texnikumning “Tor mutaxassislik fanlari” kafedrasi pedagoglari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Uchrashuvda ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy yo‘nalishlarda taqdimotlar asosida tadbirlar tashkil etish, shuningdek, texnikumga o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish […]

tg_photo-151
Toshkent davlat tibbiyot universitetida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi hamda 1-kurs talabalarini universitet safiga qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar universitetning uchita kampusining birinchi kamusida tashkil etilib, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi. Yangi o‘quv yili barchaga yangi marralar, ulkan maqsadlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin! Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | […]