tg_photo-370
Иркутский государственный медицинский университет приглашает принять участие в международной научно-практической конференции

В рамках сотрудничества с Ташкентским государственным медицинским университетом, Иркутский государственный медицинский университет приглашает представителей нашего университета принять участие в Международной научно-практической конференции «Современное медицинское образование. Достижения, проблемы, пути решения». Конференция состоится 18–19 ноября 2026 года в Иркутском государственном медицинском университете в гибридном формате. Основные направления конференции: современное медицинское образование; клиническая медицина; стоматология; материнство и детство; […]

tg_photo-369
Tashkent davlat tibbiyot universitetida 3 kun davomida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Tal’at Saydalimovich Agzamxo‘jayev nomidagi

Tashkent davlat tibbiyot universitetida 3 kun davomida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Tal’at Saydalimovich Agzamxo‘jayev nomidagi Universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 1-kuni talabalar test va klinik keyslar orqali bilimlarini namoyish etdilar. USMLE darajasidagi savollarga javob berishdi. 2-kuni BLS bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi. 3-kuni esa eng yuqori natijalarni qayd etgan 15 […]

photo_2026-09-15_19-09-42
E’LON

📢 E’LON Toshkent davlat tibbiyot universitetida tyutorlik lavozimiga 4 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud. Universitetda talabalar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirishga qiziqishi bo‘lgan, mas’uliyatli va tashabbuskor nomzodlar tyutorlik lavozimiga ishga taklif etiladi. 📌 Mazkur lavozimga qiziqish bildirgan nomzodlar belgilangan tartibda hujjatlarini taqdim etishlari va murojaat qilishlari mumkin. Bog’lanish uchun: […]

tg_photo-363
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi

Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, milliy didi hamda estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir. Bugungi kunda milliy liboslarning o‘ziga xos jozibasi va mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 18-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya va […]

tg_photo-355
Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotda tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Abduayevich Mavrulov ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida jamiyatda yashash qoidalari, ijtimoiy odob-axloq me’yorlari, o‘zaro hurmat va insonning jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi qadri haqida tahliliy ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot yakunida talabalar ishtirokida savol-javob tashkil etilib, mavzu yuzasidan ularni qiziqtirgan savollarga […]

tg_photo-350
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” doirasida “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. Ma’ruza O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Dars avvalida universitetning birinchi prorektori T.A.Bobomuratov talaba-yoshlar bilan jamiyatda o‘zini tutish madaniyati, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik va insoniy qadriyatlarning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida fikr almashdi. Т alabalarga bilim […]

tg_photo-346
“Dekan va yoshlar: tartib-intizom va mas’uliyat — muvaffaqiyat garovi”

2026-yil 17-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti 2-kurs 2-patok talabalari bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Fakultet dekani S.S. Gulyamov talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ularning ta’lim olishi, universitet hayotidagi faol ishtiroki va talabalik davrini mazmunli o‘tkazishi bilan bog‘liq masalalar haqida fikr almashdi. Suhbat davomida talabalarga universitetning ichki tartib-intizom qoidalari, odob-axloq me’yorlariga […]

tg_photo-337
Milliy g‘urur va yuksak ma’naviyat sari!»

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakultetiti 1-bosqich 118-119-guruh talabalari ishtirokida «Qadriyati ulug‘langan yurtning kelajagi buyukdir» shoiri ostida Chelleng tashkil etildi. Inson salomatligini asrashdek mas’uliyatli kasbni egallayotgan bo‘lajak shifokorlarimizning qalbida milliy qadriyatlarimiz va o‘zligimizga bo‘lgan bunday yuksak hurmatning mujassamlashgani kishiga alohida g‘urur bag‘ishlaydi. Tibbiyot sohasi vakillarining tibbiy bilimlar bilan birga asriy an’analarimiz, milliy liboslarimiz  bo‘lgan ehtiromni […]

tg_photo-336
Kelajak shifokorlari bilan samimiy uchrashuv!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetining 1-kurs 116, 117, 118, 119 hamda 120-guruh talabalari bilan juda mazmunli va samimiy uchrashuv o‘tkazildi. Talabalik odatdagi o‘qish emas, balki buyuk va mas’uliyatli shifokorlik kasbiga qo‘yilgan ilk qadamdir. Uchrashuv davomida yoshlarimizga universiteting ichki odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati va oliygoh tartib-intizomi haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207 […]

tg_photo-328
Boy tarixga sayohat va unutilmas taassurotlar

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakulteti 1-kurs talabalari guruh tyutori Nigora Azimovna Mirzaqulova boshchiligida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi hamda Temuriylar davlat muzeyiga sayohat uyushtirdilar. Tashrif davomida talabalar xalqimizning boy tarixi, qadimiy merosi, milliy madaniyati va nodir eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur madaniy-ma’rifiy sayohat yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularga unutilmas taassurotlar va ma’naviy […]