tg_photo-144
TALABALIK — OLTIN DAVR

“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Xanapiyayev Farhodjon Rahmonovich talaba-yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi. U o‘z nutqida talabalik davrini inson hayotidagi eng qadrli va mas’uliyatli bosqichlardan biri sifatida ta’riflab, aynan shu yillarda ustozlardan eng zarur bilim va tajribalarni olish, tinimsiz o‘qib-o‘rganish muhim ekanini ta’kidladi. Bugun tibbiyot sohasida […]

tg_photo-143
“TOSHDAVTU TALABASIGA HAVAS QILAMAN”

“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Baxrom Ismoilovich Abdullayev ham talaba-yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi. U Toshkent davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan yoshlarga havasini yashirmadi va universitetni mamlakatimizning eng nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biri sifatida e’tirof etdi. Bugun ana shunday katta ilmiy muhitga […]

tg_photo-142
USTOZGA TA’ZIM, YOSHLARGA ISHONCH

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Sunnatovich Imomov tantanali marosimda so‘zga chiqib, o‘zi ham shu oliygoh talabasi bo‘lganini faxr bilan esladi. U talabalik qasamyodining mazmuni bir kunlik tantana bilan cheklanmasligini, uning ortida kelajak kasbi, inson hayoti va shifokorlik burchi oldidagi katta mas’uliyat turishini ta’kidladi. Ustozlarga chuqur ehtirom bildirib, yoshlarni zamon bilan hamnafas bo‘lishga, […]