tg_photo-673
Talabalar o‘rtasida “Talaba Fest” festivali o‘tkaziladi.

Respublikamizdagi barcha hududlar boʻylab oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun 23-maydan 16-iyunga qadar“Talaba Fest” festivali boʻlib oʻtadi. Festival doirasida “Eng yaxshi fotosuratlar”, “Liboslar”, “Eng mazali taomlar” koʻrgazmalari, sport musobaqalari, musiqiy chiqishlar, shoir, yozuvchi va ijodkorlar bilan mushoiralar, karaoke, robototexnika koʻrgazmalari, “Talabalar teatr studiyalari” kompozitsion chiqishlari, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari shou chiqishlari, “Zakovat” va “Munozara” oʻyinlari, “Qalqon” […]

tg_photo-672
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati hamda Chirchiq filiali talabalari ishtirokida Chirchiq shahridagi Talabalar madaniyat saroyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiziqtirayotgan masalalarni ochiq muloqot orqali muhokama qilish hamda ta’lim jarayoniga oid taklif va muammolar yuzasidan fikr almashishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida talabalarning startap loyihalari, filial rahbariyati tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik, amaliyot jarayonlari hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish […]

tg_photo-669
Ayni damda Chirchiq shahridagi Talabalar madaniyat saroyida «Yoshlar kuni» doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov ishtirokida “Rahbar va yoshlar

Ayni damda Chirchiq shahridagi Talabalar madaniyat saroyida «Yoshlar kuni» doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda. Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

tg_photo-668
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetiga tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va

jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh epidemiologi Atabekov Nurmat Satinoyozovich tashrif buyurdi. Tashrif davomida fakultet dekani F.I. Salomova soʻzga chiqib, mehmonning tibbiyot va jamoat salomatligi sohasidagi samarali faoliyati, ilmiy izlanishlari hamda yurtimiz sogʻliqni saqlash tizimiga qoʻshayotgan munosib hissasi haqida qiziqarli maʼlumotlar berdi. Shundan soʻng professor Atabekov Nurmat Satinoyozovich talaba-yoshlar bilan […]

tg_photo-660
Ayni damda Chirchiq shahridagi Talabalar madaniyat saroyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuvda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati hamda universitetning Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali talabalari ishtirok etmoqda. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiziqtirayotgan masalalarni ochiq muloqot orqali muhokama qilish, shuningdek, ta’lim jarayonidagi taklif va muammolar yuzasidan fikr almashishdan iborat. Tadbir davomida talabalarning startap loyihalari, filial rahbariyati tomonidan yoshlarga […]

tg_photo-652
“TALABA FEST” DOIRASIDA IQTIDORLI YOSHLARNING HISOBOT KONSERTI BO‘LIB O‘TDI

2026-yil 19-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Talabalar turar joyi maydonida “Talaba Fest” festivali doirasida badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolarining hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Festival davomida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlar va zamonaviy madaniyatni targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir universitetning Ommaviy tadbirlarni […]

tg_photo-651
“TALABA FEST” — YOSHLAR IJODI VA SAN’AT BAYRAMI

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Talaba Fest” festivali doirasida to‘garak rahbarlari va ijodkor talaba-yoshlarning hisobot konserti ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Festival davomida talabalar tomonidan jonli ijrolar, milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda folklor chiqishlari namoyish etildi. Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Konsert yakunida faol […]

tg_photo-644
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar

Professional ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga Toshkent Davlat tibbiyot universiteti “Terapevtik stomatologiya propedevtikasi” kafedrasi mudiri. U.A.Shukurova boshchiligida kafedra xodimlari tashrif […]

tg_photo-637
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” DOIRASIDAGI FAKULTETLARARO VOLEYBOL MUSOBAQALARI YUQORI SAVIYADA YAKUNLANDI!

Universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi voleybol bahslari qizg‘in va murosasiz  tarzda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa davomida barcha fakultet jamoalari yuqori tayyorgarlik, kuchli iroda va haqiqiy sport mahoratini namoyish etdilar. Faxrli 1-o‘rinni […]

tg_photo-636
Islohotlar jarayonida yoshlarning ishtiroki haqida fikringiz qanday?

«Yuksalish» harakati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikda yoshlarning islohotlardagi ishtiroki va ular duch kelayotgan to‘siqlarni o‘rganish maqsadida so‘rov o‘tkazmoqda. Ishtirok eting, fikringiz islohotlarni yanada samarali qilishga xizmat qiladi! So‘rov havolasi Telegram sahifamizga obuna bo’ling – @uzbyuksalish