Bugun Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan Yoshlar markazida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan bitiruvchi talabalar uchun “Mehnat yarmarkasi va workshop” hamda “Rahbar va
yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi Tadbir yosh mutaxassislarni amaliy faoliyatga tayyorlash, ularning bandligini ta’minlash va tibbiyot sohasidagi zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Unda universitet rahbariyati, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov, tajribali soha mutaxassislari hamda bitiruvchi yoshlar qatnashdi. Uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb vazifalar, yosh kadrlar oldida turgan […]









