Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda universitetning “Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi” xodimlari hamda “Odam anatomiyasi va OXTA”, “1-son Travmatologiya va ortopediya”, “Atrof-muhit gigiyenasi”, “Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi” kafedralari professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar texnikum faoliyati, Toshkent davlat tibbiyot universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti va mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar hamda professor-o‘qituvchilar […]









