tg_photo-107
Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar holidan xabar olindi!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan rejaga muvofiq, 10-son talabalar turar joyida yashaydigan kafedraga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan muloqot qilindi. Tashrif davomida talabalarning yashash va maishiy sharoitlari, xonalarning sanitariya-gigiena holati va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning ta’lim olishi, ijtimoiy-maishiy […]

tg_photo-106
Orzular yo‘lidagi 8 talaba

Bu kontentda “Ko‘mak” fondi orqali Germaniyada tahsil olgan 8 nafar o‘zbek talabasi, ularning ilm-fan, millat va istiqlol yo‘lidagi orzulari hamda bugungi avlodga qoldirgan buyuk maqsadlari haqida hikoya qilinadi. Videoning sifatli variantini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin. Eslatma: Video kasbiy ta‘lim tashkilotlari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

tg_photo-96
“KELAJAK SOATI”: “JADIDLAR. TUGALLANMAGAN HIKOYA”!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” darsi “Jadidlar. Tugallanmagan hikoya” mavzusida o‘tkazildi. Mashg‘ulotda taniqli ijodkor, shoir Bobur Bobomurod bilan uchrashuv tashkil etildi. Ijodkor mavzu doirasida talabalarga jadidlar, ularning milliy uyg‘onish, ilm-ma’rifat va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Shuningdek, jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni […]

tg_photo-93
E’LON

E’LON Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari diqqatiga! Universitetimizda talabalar o‘rtasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, tartib-intizomni mustahkamlash, talabalar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda universitet hududida sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida “QALQON” jamoatchilik guruhi tashkil etilmoqda. “Qalqon” jamoatchilik guruhi — universitet hayotida faol ishtirok etishni, tengdoshlarining huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashni hamda universitetda osoyishtalik va tartibni ta’minlashga […]

tg_photo-92
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash ishi fakulteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar Islom sivilizatsiyasining tarixi, shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari haqida ko‘plab qiziqarli hamda foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Markazda namoyish etilgan tarixiy va ilmiy ma’lumotlar talabalarning dunyoqarashini yanada boyitib, bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi. Mazkur tashrif talabalar uchun unutilmas va mazmunli voqeaga aylandi. Ularning aksariyati markazga ilk bor tashrif buyurgani sababli […]

tg_photo-87
«Ustozga ehtirom — kelajakka ehtirom»!

2026-yil 30-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti tomonidan 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni YoBIB dekan o‘rinbosari (DSc),  dotsent A.Xudayberdiyev ochib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z so‘zida ustozlarning yosh avlodni bilimli, ma’naviyatli va yetuk mutaxassis etib tarbiyalashdagi […]

tg_photo-86
“Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” tanloviga arizalar qabuli boshlandi

#Vazir_stipendiyasi“Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” tanloviga arizalar qabuli boshlandi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim shaklidatahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi – 2026/2027” tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning akademik va ilmiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish hamda tibbiyot sohasidagi amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. […]